Hany Abubakar Mukhtar (talaffuzi: Hani Abubakar Muxtor) 1995-yil 21-martda Germaniya markazi Berlinda tugʻilgan. Nemis futbolchisi „Nashville“ klubi yarim himoyachisi

Hany Mukhtar Futbol
Umumiy maʼlumotlari
Ism sharifi

Hany Abubakar Mukhtar

Tugʻilgan

21-mart 1995-yil(1995-03-21)[1][2](27 yosh)

Berlin, Germaniya

Fuqaroligi
Boʻyi

174 cm

Vazni

72 kg

Pozitsiyasi

hujumkor yarim himoyachi

Hozirgi jamoasi
Klub

Flag SShA Nashville

Raqami

10

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati tahrir

Hany Abubakar Mukhtar faoliyatini „Stern“ jamoasida boshlagan va yetti yoshida „Hertha“ klubidagi eng yosh futbolchiga aylangan. 2012-yilda 17 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Germaniya chempioni boʻlgan[3]. 2012-2013- yilgi mavsumda u „Hertha“ safida ikkinchi Bundesligada debyut qilgan va yettita oʻyinda maydonga tushgan. Uning birinchi Bundesligadagi debyuti 2013-yilning 26-oktabrida „Bavariya“ga qarshi o‘yinda bo‘lib o‘tgan[4]. Umuman olganda, Hany Mukhtar 2013-2014-yilgi mavsumda oʻnta oʻyin oʻtkazgan.

2015-yilning 15-yanvarida Hany Abubakar Mukhtar „Benfica“ ga o‘tib, 2020-yilgacha shartnoma imzolagan[5]. Kicker xabariga koʻra, „Hertha“ futbolchi uchun 500 000 yevro olgan va uning keyingi transferi boʻyicha kelishib olgan[6]. 2015-yil 10-aprelda u Portugaliyadagi birinchi oʻyinini oʻtkazdi, Segundaning „Chaves“ jamoasiga qarshi oʻyinida „Benfica B“ jamoasi uchun oʻynagan va gol urgan. U 2015-yil 23-may kuni „Maritimo“ga qarshi o‘yinda birinchi Primer ligadagi „Benfica“ safida debyut qilgan.

2015-yilning 28-avgustida Hany Abubakar Mukhtar Avstriyaning „Red Bull Salzburg“ jamoasiga sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga berilgan[7]. U Avstriya Bundesligasida debyutini 2015-yilning 30 avgustida „Sturm Graz“ga qarshi oʻyinda oʻtkazdi. 2015-yil 17-oktabrda „Admira Wacker Mödling“ga qarshi oʻyinda u „Red Bull“ uchun birinchi golini urdi.

2016-yilning 20-iyulida Hany Abubakar Mukhtar Daniyaning „Brøndby“ klubiga sotib olish sharti bilan bir yilga ijaraga berildi[8]. U Daniya Superligasida 2016-yilning 24-iyulida „Silkeborg“ga qarshi bahsda debyut qilgan. 2016-yil 21-avgustda „Aarhus“ga qarshi oʻyinda u „Brondby“ uchun birinchi golini urdi.

Terma jamoadagi karyerasi tahrir

Hany Abubakar Mukhtar Germaniya yoshlar terma jamoasida oʻynagan, 19 yoshgacha boʻlgan terma jamoa aʼzosi boʻlgan, u 2014-yilda Yevropa chempioni boʻlgan va turnirning final uchrashuvida portugaliyaliklar darvozasiga gʻalaba toʻpini kiritgan.

Yutuqlari tahrir

  • Yevropa chempioni (19 yoshgacha) (1 marta): 2014-yil

Shaxsiy hayoti tahrir

Hany Abubakar Mukhtarning otasi sudanlik uygʻur, onasi esa nemis millatiga mansub[9].

Statistika tahrir

Jamoa Mavsum Liga Milliy kubok Xalqaro kubok Jami
Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar Oʻyinlar Gollar
Hertha BSC II  Germaniya 2012-13 13 5 - - - - 13 5
2013-14 2 0 - - - - 2 0
2014-15 6 2 - - - - 6 2
Jami 21 7 0 0 0 0 21 7
Hertha Berlín  Germaniya 2012-13 7 0 0 0 - - 7 0
2013-14 10 0 1 0 - - 11 0
Jami 17 0 1 0 0 0 18 0
Benfica  Portugaliya 2014-15 1 0 0 0 0 0 1 0
Jami 1 0 0 0 0 0 1 0
Benfica B  Portugaliya 2014-15 1 1 - - - - 1 1
Jami 1 1 0 0 0 0 1 1
Salzburgo  Avstriya 2015-16 13 1 2 0 0 0 15 1
Jami 13 1 2 0 0 0 15 1
Brøndby IF  Daniya 2016-17 8 3 0 0 4 1 12 4
Jami 8 3 0 0 4 1 12 4
Umumiy karyerasida 61 12 3 0 4 1 68 13

Manbalar tahrir

  1. Hany Mukhtar // Transfermarkt.com (mn.) — 2000.
  2. Hany Mukhtar // Salzburgwiki (nem.)
  3. Jan Schultz. „Herthas Top-Talente: Schulz, Mukhtar, Djuricin – drei mit Zukunft“ (de). goal.com (2012-yil 1-oktyabr). 2013-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 1-oktyabr.
  4. „Match report“. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 1-avgust.
  5. „Benfica confirma contratação de Hany Mukhtar“ (pt). PÚBLICO (15 de janeiro de 2015). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  6. „Perfekt! Herthas Mukhtar wechselt zu Benfica“ (de). kicker (4-aprel). Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  7. „Brøndby IF indgår lejeaftale med tysk midtbanespiller“ (da). Brøndby IF (20-iyul). 2020-yil 8-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  8. „Neuzugang bei den Roten Bullen“ (de). FC Red Bull Salzburg (2015-yil 28-avgust). 2021-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 10-yanvar.
  9. Herthas Kleinster kommt groß raus! (Wayback Machine saytida 2013-11-02 sanasida arxivlangan), www.berliner-kurier.de vom 23. Juli 2013