Haqnazarxon
(Haqnazar Sultondan yoʻnaltirildi)
Haqnazarxon, Haqnazar Sulton (?—1580) — qozoqlar xoni (1538-yildan). Otasi Qosimxon kabi hokimiyatini mustahkamlash, xonlik hududini kengaytirishga harakat qilgan. Noʻgʻay oʻrdasidagi oʻzaro ichki nizolardan foydalanib oʻrdaga tobe qozoq urugʻlarining bir qismini oʻziga boʻysundirgan. Moʻuliston xonlari bilan uzoq muddat kurash olib borgan. 50-yillarning oxirida H. Sirdaryo boʻyidagi savdohunarmandchilik markazla-, ri va Toshkentni bosib olish uchun shayboniylardan Bobo sulton va Ab-dullaxon II bilan kurashgan. 1573-yil rus hukumati H. bilan oʻzaro aloqa bogʻlashga uringan. Rivoyatlarga koʻra, qozoqlarning 3 ta juzga ajralishi H. nomi bilan bogliq boʻlgan.
Haqnazarxon | |
---|---|
qozoqcha: Хақназар хан | |
Qozoq xonligi xoni | |
Mansab davri 1538 – 1580 | |
Avvalgisi | Buydashxon |
Keyingisi | Shigʻayxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1509-yil Qozoq xonligi |
Vafoti |
1580-yil 18-may Qozoq xonligi |
Bolalari | oʻgʻillari: Mungʻatay Sulton, Dinmuhammad Sulton, Bozgʻil Sulton |
Onasi | Xanik Sulton Xonim |
Otasi | Qosimxon |
Dini | islom sunniylik |
Janglari |
Qozoq xonligidagi ichki urush Noʻgʻay Oʻrdasiga qarshi yurishi (1568) |
Adabiyot
tahrir- Materialm po istorii kazaxskix xanstv XV-XVIII vekov, Alma-Ata, 1969.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |