Qosimxon
Qosimxon (qozoqcha: Қасым хан; 1445-1518-21[2]) — qozoq xoni, Joʻjixon avlodidan. Qozoq xonligining asoschilardan biri Jonibek sultonning oʻgʻli.
Qosimxon | |
---|---|
qozoqcha: Қасым хан | |
Qozoq xonligining xoni | |
Mansab davri 1511 – 1521 | |
Avvalgisi | Burunduqxon |
Keyingisi | Mamashxon |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
1445-1455 Abulxayrxon xonligi |
Vafoti |
1518-1521 Saroychiq, Qozoq xonligi |
Turmush oʻrtogʻi | Xaniq Sulton Xonim Aysha |
Bolalari |
oʻgʻillari: Mamash, Haqnazar, Abulxayr Sulton qizlari: Qutluq Sulton Xonim[1], Buldur Xonim |
Onasi | Jahonbegim |
Otasi | Jonibekxon |
Dini | islom sunniylik |
Qosimxonning onasi Jahonbegim Shayboniyxonning onasi Oqqoʻzibegimning singlisi boʻlgan. 1503-yilda akasi Adik sulton vafotidan soʻng ulus boshqaruvi Qosimxon qoʻliga oʻtgan. Garchi u oʻz ulusining sultoni boʻlsada xonlikda yuqori nufuzga ega boʻlib, oʻsha vaqtdagi qozoq xoni Burunduqxonning keyin turuvchi 2-shaxs hisoblangan. Uning harbiy yurishlardagi muvaffaqiyati, boshqa qozoq sultonlarini ham uning atrofiga birlashuviga sabab boʻldi. 1509-yilning 2-yarmida amalda butun hokimiyat Q. qoʻliga oʻtgan. Lekin 1511-yildagina rasman xonlik yorligʻiga ega boʻlgan. Uning hukmronlik yillarida xonlik hududi ken-gayib, hokimiyat boshqaruvi mustahkamlangan. Q. davlati tarkibita jan.-sharqda Yettisuvning bir qismi, shim-gʻarbdan Volga daryosining oʻng qirgʻoqlari, shim. va shim.-sharqda Ulugʻtogʻ etaklari va Balxash koʻli boʻylari, janubida Sirdaryoning oʻng qirgʻogʻigacha boʻlgan hududlar kirgan. q. shayboniy sultonlar bilan doimiy ravishaa Sirdaryo boʻyi shaharlari uchun jang olib borgan boʻlsa-da, ammo ularning Eron safaviylariga qarshi qurashini qoʻllab-quvvatlagan. 1513—14 yillarda Ismoil Safaviy qoʻshinlariga qarshi kurashish uchun shayboniylar bilan ittifoq tuzgan. Shuningdek, q. davrida Qozoq xonligi Moskva, shuningdek, Qrim va Yorkend xonliklari bilan ham turli sohalarda aloqalar olib borgan. Q. vafotidan soʻng birmuncha vaqt xonlik taxti boʻsh qolgan. Faqat 1522-yildagina uning oʻgʻli mamashxon taxtni egallashta muvaffaq boʻlgan. Ammo bu bilan taxt uchun kurash barham topmagan. Oqibatda ichki vaziyat q. tiklagan davlatning inqirozga uchrashiga sabab boʻlgan.
Avlodlari
tahrirQosimxonning ikki o‘g‘li – Mamash va Haqnazarning ismlari ma’lum. Ikkalasi ham xon edi. O‘g‘li Abulxayr Sulton forslarga qarshi yurishda halok bo‘ldi.
Manbalar
tahrir- ↑ Документ 255 // Хозяйство джуйбарских шейхов. М.-Л. АН СССР. 1954. С. 242.
- ↑ БРЭ 2018.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |