SaroychiqOltin Oʻrda shaharlaridan biri. Guryev shahridan 60 km masofada, Ural daryosining oʻng qirgʻogʻida joylashgan (13-asrning 2-yarmi). Shaharning nomi qoʻlyozma manbalar hamda 14-asrda shu yerda zarb qilingan tangalar orqali yaxshi maʼlum. S. 1395-yil Amir Temur va Toʻxtamish oʻrtasida boʻlib oʻtgan urushdan zarar koʻrgan. Shahar aholisi Volga daryosi boʻyidagi koʻpgina shaharlar bilan savdosotiq qilgan. S. ancha muddat davomida Oltin Oʻrda va Gʻarbiy Yevropa tojirlari uchun Osiyo mamlakatlari bilan tijorat, ishlarini yuritishga oʻziga xos koʻprik vazifasini oʻtagan. S. bir tomondan Oltin Oʻrda xonligini SaroyBerka bilan, 2tomondan esa Xorazm markazi Urganch bilan mustahkam bogʻlagan. Ushbu yoʻl 13—14-asrlarda Sharq va Gʻarbni birlashtiruvchi bosh karvon yoʻli hisoblangan. Sdan Urganchgacha boʻlgan yoʻlning har 30 km da quduqlar qazilgan, karvon saroylar barpo etilgan. Ushbu savdosotiq yoʻli Oltin Oʻrdaning bir qancha yirik shaharlari, xususan, Urganch orqali S.qa yoʻnaltirilgan. Bu yerda yoʻl shim. va jan. tomonlarga qarab boʻlingan. Yoʻlning shim. qismi SaroyBerka (Saroy aljadid), jan. qismi esa Hojitarxon orqali Mojar hamda Azov bilan bogʻlangan. Manbalarning dalolat berishicha, 1580-yil Yoyiq kazaklari hujumi paytida butunlay vayron qilingan.

Saroychiq

qozoqcha: Сарайшық
shahar
Skyline of Saroychiq
47°30′0″N 51°44′0″E / 47.50000°N 51.73333°E / 47.50000; 51.73333
Mamlakat Qozogʻiston
Viloyat Dashti qipchoq
Asos solingan XIII asr
Ilk eslatilishi 1330-yillar
Saroychiq xaritada
Saroychiq
Saroychiq

Adabiyot

tahrir
  • Yegorov V.L., Istoricheskaya geografiya Zolotoy Ordi v XIII—XVI vv., M., 1983.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil