Harakat muloqoti (tana tili)- bu ko'z bilan aloqa qilish, yuz ifodalari, imo-ishoralar va gavdani tutish kabi og'zaki bo'lmagan muloqot orqali xabarlar yoki signallarni uzatish. U ijtimoiy belgilar, harakat, ikki inson o'rtasidagi masofa va jismoniy muhit, tashqi ko'rinish, teginish va tovush erkinligidan foydalanishni o'z ichiga oladi.[1] Imo-ishoralar uch xil qismga ega, jumladan asosiy imo-ishoralar ya'ni imo-ishoralar orqali yetkazib berilayotgan signallarning maqsadi va uni qay uslubda talqin qilishiga bog'liq.[2] Qabul qiluvchi bu signallarni anglashi va tushunib yetishi uning bilim va hissiyotlaridan kelib chiqadi.[2] Qolaversa, imo-ishoralarga vaqtdan foydalanish ( xronemiya ) va ko'z bilan aloqa qilish, gaplashish va tinglash paytida qarash harakatlari, qarashlar soni, ko'z qorachig'ining kengayishi va miltillash tezligini qamrab oladi.

Qo'l va ko'z ifodasi orqali bir-birini tushunish; Xitoyning Sian shahridagi qo'ng'iroq minorasi yaqinidagi ko'chada ko'rilgan.

Tana tiliga bo'lgan ilk qiziqish

tahrir

Harakat muloqotini o'rganish 1872-yilda Charlz Darvinning "The Expression of the Emotions in Man and Animals by Charles Darwin." (Odam va hayvonlardagi his-tuyg'ularning ifodasi) nashr etilishi bilan boshlangan. Darvin og'zaki bo'lmagan muloqotni o'rganishni boshlaganiga sabab - u sherlar, yo'lbarslar, itlar va boshqalar kabi hayvonlarning o'zaro ta'sirini ko'radi va shu orqali ular imo-ishoralar va ifodalar orqali ham muloqot to'g'risidagi fikrni olg'a suradi. Shu bois, u birinchilardan bo'lib bu o'rganishni boshlab berdi.[3]

Tajribalar

tahrir

Bugungi kunda olimlar harakat muloqotini og'zaki muloqotdan ko'ra ko'proq ma'noni etkazishi mumkinligini ta'kidlaydilar.[4] Ba'zi olimlarning isbotlashicha, ko'pchilik odamlar og'zaki muloqotdan ko'ra og'zaki bo'lmagan muloqot shakllariga ishonishadi. Harakat muloqoti insoniy muloqotning 60-70 % tashkil qiladi, degan xulosaga keladi [5], garchi boshqa tadqiqotchilar: muloqot turini aniqlab bo'lmaydi [6] va zamonaviy insonlar imo-ishoralarga tayanib ish ko'rishmasligi va ayniqsa, bu kundan kunga rivojlanib borayotgan va ko'proq yozma dallillar katta ahamiyat kasb etuvchi asrda bu kabi ishoralar muloqotni aks ettirmaydi, degan fikrlarni ham olg'a surishgan bo'lishsa ham..[7]

Yuqorida ta'kilab o'tilganidek, tana muloqoti ko'p hollarda ovoz sifati, tezligi, balandligi,va so'zlovchining nutq uslubiga va so'zlash jarayonidagi yuz ifodalari, ritm va albatta intonatsiya o'z ichiga oladi, ammo tajribalar shuni ko'rsatadiki, ko'p hollarda tana tilidan foydalanish turli vaziyat va turli hissiyotlar ta'siriga bog'liqligi kuzatilgan. Bu hollarda ularni uchta asosiy hollarga qarab o'rganish va ajratib olish mumkin: 1) atrof-muhit sharoitlari, 2) so'zlovchining jismonit erkinligi, 3) tinglovchi fikr bildirganda so'zlovchining hatti-harakatlari va reaksiyalari.

Harakat muloqotini yetkazib berish

tahrir

Harakat muloqoti kodlash va dekodlashning onli va ongsiz jarayonlarini o'z ichiga oladi. Kodlash bu - ishorani qabul qiluvchining qanchalik tushungani, ishongani va his qilganligiga qarab, so'zlovchining qobiliyatini va sifatiga aniqlash, ya'ni, bu yuz ifodalari, imo-ishoralar va pozitsiyalar kabi ma'lumotlarni yaratish harakati. Dekodlash - tinglovchi qanchalik hatti-harakatlarni tushunganligini ifoda etadi. Ma'lumotni dekodlash ma'lum bir qabul qilingan sezgilar haqidagi bilimlardan foydalanadi. Misol uchun, yuqoridagi rasmda harakatni yetkazib beruvchi erkak ikkita barmoqni ushlab turadi va uni qabul qiluvchi oldingi tajribasidan bu ikkita degan ma'noni anglatishini bilishi mumkin. Ba'zi " dekodlash qoidalari " mavjud bo'lib, ayrim hollarda odam ba'zi og'zaki bo'lmagan signallarni to'g'ri baholashi va ularning ma'nosini tushunishi mumkin va bu kabi insonlar ijtimoiy ongli va ko'pincha hamma bilan yaxshi kelishuvchi insonlar bo'lishadi, boshqa insonlar esa buni samarali bajara olmaydi. Kodlash ko'pincha jinsga ham bog'liq bo'lib, ko'p hollarda ayollarda erkaklarga nisbatan ko'p kuzatiladi.

Madaniyatning ahamiyati

tahrir

Madaniyat harakat muloqotda muhim rol o'ynaydi va bu o'quv faoliyatining qanchalik o'zlashtirilishiga ham ta'sir ko'rsatadi. Masalan, ko'plab mahhalliy Amerika maktablarida harakat muloqotlariga katta e'tibor qaratiladi va bu bolalarni o'zlashtirida ijobiy ta'sir ko'rsatgan.

Dunyo bo'ylab ko'plab irqlar va madaniyatlar orasida harakat tilida juda katta farqlar yoki, o'xshashliklarni kuzatish mumkin. tashkil etilishiga ta'sir qilishda yordam beradigan jihatlardan biridir. Masalan, "ha" va "yo'q" uchun bosh imo-ishorasi dunyoning qayerida ekanligingizga qarab har xil ma'noga ega bo'lishi mumkin.[8]

  1. Encyclopedia of Communication Theory. 2009. doi:10.4135/9781412959384.n262. ISBN 9781412959377. 
  2. 2,0 2,1 Mandal, Fatik Baran (2014). „Nonverbal Communication in Humans“. Journal of Human Behavior in the Social Environment. 24-jild, № 4. 417–421-bet. doi:10.1080/10911359.2013.831288. Qaraldi: 2022-10-10.
  3. The Expression of the Emotions in Man and Animals. AMS Pres, 1972. 
  4. Choices & Connections: an Introduction to Communication., 2nd, Boston: Bedford Books St Martin's, 2019 — 138-bet. ISBN 978-1-319-04352-0. 
  5. „Nonverbal communication and social cognition“. Salem Press Encyclopedia of Health. 4-jild. 2018. 4-bet.
  6. „93% of All Communication Is Nonverbal?“. Mindyourlife.de. Qaraldi: 2022-yil 6-mart.
  7. „Ubiquity: The 7% rule“. Ubiquity.acm.org.
  8. Mandal, Fatik Baran (2014-05-19). „Nonverbal Communication in Humans“. Journal of Human Behavior in the Social Environment. 24-jild, № 4. 417–421-bet. doi:10.1080/10911359.2013.831288. ISSN 1091-1359.