Mimika
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mimika (yun. – takdid) – yuz mushaklarining ifodali harakati. Insonning maʼyuslik, xursandlik, gʻazab, xafalik kabi hissiyotlarini ifodalaydi. Mimika oddiy kishilarda tabiiy tarzda roʻy beradi. Teatr sanʼatida esa aktyorlarning doimiy mashqlari asosida yuzaga keladi. Yuzga beriladigan pardoz mimika ifodaviyligini oshiradi. Mimika aktyorning nutqi bilan hamohang boʻlib, obraz mohiyatini, qahramonlarning oʻzaro munosabatlarini ochishga xizmat qiladi. Puxta oʻylangan va texnik jihatdan mukammal mimika sahna soʻzi ahamiyatini oshiradi va uning tub maʼnosini chuqur anglashga yordam beradi. Ayniqsa, soʻzsiz oʻrinlarda, sukunatlarni toʻldirishda muhim ahamiyatga ega. Pantomimaga ixtisoslashgan (fransuz aktyori Marsel Marso kabi) aktyorlar faqat tana harakatlari va mimikaga tayanishgan.
Oʻzbek anʼanaviy teatrida mimika sanʼati juda katta yutuqlarga erishgan. Professional teatrda Hoji Siddiq Islomov, Mirshohid Miroqilov, Rahim Pirmuhamedov, Soib Xoʻjayev, Gʻani Aʼzamov, Nabi Rahimov; televizion miniatyuralar teatrida – Ergash Karimov, Hasan Yoʻldoshev, Sadir Ziyovuddinov, Roziya Karimova; zamonaviy qiziqchilikda – Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov, Vali Shamshiyev va boshqa tanilgan.
Muhsin Qodirov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |