Hasan Hüseyin Korkmazgil

Vikipediya ochiq ensiklopediya

Hasan Husayn Qoʻrqmazgil (1927-yil — 1984-yil 26-fevral) — turk shoiri, sotsialistik-realistik sheʼriyatning yetakchi namoyandalaridan biri sifatida sermahsul ijod qilib keldi

Hasan Hüseyin Korkmazgil
Tavallud sanasi 1927
Vafot sanasi 1989
Fuqaroligi Turkiya
Asarlari tili Turk tili
Hasan Huseyin Qo'rqmazgil qabri, Qarshikaya qabristoni .

HayotiTahrirlash

1927 yilda Sivasning Gurun tumanida tug'ilg'ilgan [1] Hasan Husayn 1948- yili Adanadagi oʻgʻil bolalar litseyini, undan keyin 1950-yili Anqaradagi Gazi taʼlim institutini tamomladi. [1] H.H.Q dastlabki faoliyatini Go'ksun shahridagi maktabda dars berishdan boshlaydi. Siyosiy qarashlari sababli o'qituvchilikdan haydaladi, hibsga olinadi va siyosiy harakat ishtirokchisi sifatida ayblanib sudlanadi. 1955-1960-yillarda Gurun va Sivasda kotiblik qiladi va portret rassomi hamda qurilish ishchisi kabi ishlarda ishlaydi

1960 yil biroz muddat Istanbulda yashaydi, keyin esa Anqaraga ko'chib o'tadi. "Akis" jurnalida ishladi. U bir muddat (1968-1970) “ Forum ” jurnalining badiiy sahifalariga muharrirlik ham qiladi. "Qizil irmoq" nomli kitobi uchun kommunistik targ'ibot olib borganlikda ayblanib, unga qarshi da'vo ochiladi va 3 yilga hukm qilinadi. Ammo biroz vaqtdan keyin oqlanadi.

Hasan Husayn o‘rta maktabdayoq ilk she’rlarini yoza boshlaydi. Uning dastlabki she’ri 1959 yilda “ Do‘st ” nomli jurnalda chop etiladi. Shu yillarda uning hajviy hikoyalari ham nashrdan chiqadi. Kavel (Ish tashlash)(1963) nomli kitobi bilan 1964 yil Yeditepe she’riyat mukofotini, “ Qizil oq qush ” bilan 1970 yil TRT telekanalining "san’at muvaffaqiyati" mukofotini (1971), 1981 yil O’mer Faruk she’r mukofoti va Filizqiran bo’roni "bilan Nevzat Ustun she’r mukofotini (1981) qo'lga kiritadi

Shoirning 1983 yilda miyasiga qon quyiladi va bir yil davomida og'ir tarzda hayot kechiradi. 1984 yil 26 fevralda esa o'z uyida vafot etadi. Maltepe masjidida o'qilgan janoza namozidan keyin Qarshiyaka qabristoniga dafn qilinadi.

Hasan Husayn Qo‘rqmazgilning rafiqasi Azime Qo‘rqmazgildan “Bir o'g'lim bo'ladi, ismi - Temmuz(ma'nosi iyul)” she’rida tilga olingan Temmuz Qo‘rqmazgil (1965) ismli bir o‘g‘li bor. U ham ijod qilib keladi

AsarlariTahrirlash

(Hozircha biror asari o'zbekchaga tarjima qilingani yo'q)

She'rlari:Tahrirlash

  • Kavel (Ish tashlash)(1963)
  • Iyul xabarnomasi (1965)
  • Qizil daryo (1966)
  • Qizil oqqush (1971)
  • Yig'lasin oy nuri (1972)
  • Uloq (1972)
  • Biz og'riqni asal qildik (1973)
  • Mening qo‘limdagi oq kaptar (1974)
  • Kocheroning vatan she'ri (1976)
  • Iyun oyida o'lish azob (1977)
  • Filizkiran bo'roni (1981)
  • Og'riqni ushlab turish (1981)
  • Chiroqlar bilan o'ynamang (1982)
  • Tuzdagi urug'lar (1988)
  • Xina qon-la yoqilmas (1989)

Hajviy hikoyalariTahrirlash

U hazil jurnallarida Huseyin Qorqmazgil nomi bilan yoki oddiygina Qo‘rqmazgil familiyasi bilan chop etilgan ba’zi yumor hikoyalarini uchta kitobga jamlagan:

  • O'hhho'o'o'! (Yo'tal)(1964)
  • Turkiyada ishlab chiqarilgan (1970)
  • Mo'ylovli kishilar gapiradi (1971)

SarguzashtTahrirlash

  • Bag'dod Basra yo'llarida (1974)

Bolalar uchun kitoblarTahrirlash

  • Eshakning ko'z yoshlari
  • Oshpaz ota
  • O'rmonning qasosi
  • Rassomning bedanalari
  • Uddaburon bolaning orzulari

ManbalarTahrirlash

  1. 1,0 1,1 20. Yüzyıl Türk Şiiri Antolojisi. bilgi yayınevi, Eylül 2009 — 393 bet. ISBN 975-494-022-3. 

HavolalarTahrirlash