Haviland & Co. — Fransiyaning mashhur Limoj chinni ishlab chiqaruvchi kompaniyasi.

Teodor Haviland tomonidan issiq shokolad uchun chinni servizi, Limoges, c. 1895-1905-yillar
Antuan Bourdelle tomonidan 1898-yil uslubida Jan Avril byusti

Tarixi

tahrir

Devid Hevilend asli Nyu-York shahridan boʻlgan amerikalik tadbirkor boʻlib, chinni oldi-sotdisi bilan shugʻullangan. U yangi biznes imkoniyatlarini izlash uchun Fransiyaning Limoj shahriga keladi va 1842-yildayoq Limoj chinni mahsulotlarining ilk toʻplamini Amerika Qoʻshma Shtatlariga joʻnatishga muvaffaq boʻladi. Taʼkidlash kerak, aynan u 1873-yilda chinnilarga ishlov berish va ularni bezashning yangi jarayonini ishlab chiqib, amaliyotga joriy qila oldi[1].

1890-yilda Devidning oʻgʻli Teodor Xevilend Limojsda boshqa barcha mahalliy chinni zavodlaridan ajralib turuvchi juda katta zavod qurib, ishga tushirdi. Ushbu zavodda chinni buyumlarni pishirish va bezashning yangi texnologiyalari joriy etildi. Teodordan soʻng Haviland kompaniyasini uning nabirasi Uilyam Xevilend, undan keyinroq esa chevarasi Teodor Xevilend II boshqargan.

Hozirda

tahrir

Bugungi kunda Haviland & Co. Hevilend oilasi nazoratida. Ishlab chiqarish quvvatlari modernizatsiya qilinib, korxona chinni buyumlardan tashqari kumush idishlar, billur va sovgʻabop mahsulotlarni xaridorlarga yetkazib bermoqda. Haviland & Co doimiy ravishda xalqaro koʻrgazmalarda ishtirok etib keladi[2].

Chinni

tahrir

Haviland chinni buyumlari „Limoj chinnisi“ning eng nufuzli mahsulotlaridan biri hisoblanadi. Oldingi davrlarda ishlab chiqilgan koʻplab chinni toʻplamlar hamon mavjud boʻlib, qimmatbaho kollektsiya hisoblanadi. Ayrim hisob-kitoblarga koʻra, hozir dunyo boʻylab 60 000 ga yaqin Haviland chinni buyumlari kolleksiyasi mavjud[3]. Biroq, bu borada aniq raqamni taxmin qilish mushkul, chunki koʻpgina mahsulotlar hech qachon kataloglarga kiritilmagan va alohida nom olmagan, bundan tashqari, zavod hisob arxivi toʻliq yuritilmagan.

Mahsulotlarni katalogga kiritishga urinishlar bir nechta mustaqil tizimlarning paydo boʻlishiga olib keldi, ular orasida Shleyger nomenklaturasi va norasmiy kolleksionerlar kataloglari mavjud.

 
Oq uy serviz toʻplami 1861-yil

Shleyger nomenklaturasi

tahrir

Ushbu raqamlash tizimi 1930-yillarning boshida Arlen Shleyger tomonidan ishlab chiqilgan va 6 jildda nashr etilgan. Nomenklaturaga Haviland & Co[4] tomonidan ishlab chiqarilgan taxminan 4000 dona chinni toʻplamlari nomi kiritilgan.

Mashhur mahsulotlariasarlar

tahrir

Haviland koʻplab mashhur mahsulotlarni ishlab chiqargan, shu jumladan:

Manbalar

tahrir
  1. Istoriya kompanii Haviland
  2. Dom limojskogo farfora „Haviland & Co“ predstavil novie kolleksii, 2017-03-12da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2022-05-05
  3. Haviland Online
  4. Chto takoe Nomenklatura Shleygera?
  5. Beliy dom kak rezidensiya Meri i Avraama Linkolnov

Havolalar

tahrir