HavoKonsta (asl ismi: Sharifjon Abdullayev) tomonidan ijro etilgan qoʻshiq. Musiqa klipi bilan 2023-yil 25-iyun taqdim etilgan[1][2][3][4][5].

„Havo“
Konsta qoʻshigʻi
Chiqarilgan sanasi 2023-yil 25-iyun
Janr Rep
Davomiyligi 2:25
Matn muallif(lar)i Konsta

Qoʻshiq asosan ekologik muammolarga va ularga befarq boʻlayotgan insonlarga qaratilgan. Qoʻshiqda Toshkentdagi qurilish sababli havo sifatiga koʻp miqdorda zarar berayotganini eʼtiborga olingan. Qoʻshiq davomida „Shu kunlarda ololmayapman toʻyib nafas“ iborasi koʻp marotaba qaytarilgan bunga ijrochining oʻzi shunday fikr bildirgan:

„Bu juda oddiy gap, lekin nafas olgandan keyin, orada bir toʻxtab, qandaydir nafasni rostlab olishga toʻgʻri kelayotgani uchun ushbu iborani qoʻshiqda takroran eshitasiz. Chunki shunchaki nafas olib yurganda, odam nafasga toʻymaydigandek boʻlib qoldi hozirgi kunda. Chang sababli oʻzim shunday nafas olaman[4]“.

Klip sahnalarida quruqlik, chang va boshqa ekologik taʼsirlarga eʼtibor qaratilgan. Uylarning tinimsiz bunyod etilishi, daraxtlarni kesishdan toʻxtamaslik, shahar esa „goʻyo qafasdek“ boʻlishi, insonlar uchun havo yetishmasligi va toʻylarni shunday holatda ham oʻtkazishi – klipning asosiy goʻyasini ochib beradi[4].

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir