Havza — 1) biron daryoga suvi oqib keladigan maydon, hudud (qarang Daryo havzasi); 2) choʻkindi foydali qazilmalar qatlamlarining uzluksiz yoki deyarli uzluksiz tarqalgan berk maydonlari, ular togʻ jinslarining maʼlum formatsiyalari bilan bogʻliq boʻladi (qarang Foydali qazilmalar havzasi). Yer osti suvlari H.laridan Sirdaryo, Amudaryo, Toshkent artezian H.lari mavjud.