Hayao Miyazaki (yaponcha: 宮崎 駿 , 5-yanvar, 1941, Tokio) — yapon rejissyor-animatori, prodyuser, ssenarist, yozuvchi va mangachi. Aviatsiya fabrikasi egasi xonadonida tavallud topgan. Bolaligidan manga va animatsion tasvirlar chizishga qiziqib kelgan. 1964-yilda Isao Takahata bilan tanishadi va keyinchalik birga Studio Ghibli studiyasiga asos soladi. Uzoq vaqt davomida ular koʻplab badiiy asarlar ustida ish olib boradilar.

Hayao Miyazaki
Hayao Miyazaki

Hayao Miyazaki 2014-yilda „animatsiya olamiga chuqur taʼsir koʻrsatgani, rassomlarning butun avlodini ushbu sohada ishlashga ilhomlantirgani va uning cheksiz imkoniyatlarini yoritib kelgani uchun“ tanlovdan tashqari faxriy Oscar mukofotini qoʻlga kiritgan[1].

Taxalluslari tahrir

Miyazaki oʻzining baʼzi asarlarini Akitsu Saburo yoki Terekomu taxalluslari bilan chiqargan.

Biografiyasi tahrir

Ilk yillar tahrir

Hayao Miyazaki Tokio prefekturasining 23 ta maxsus tumanlaridan biri — Bunkyo-kudagi Akebono-cho kvartalida tugʻilgan, toʻrt aka-ukaning ikkinchisi edi. Uning otasi Katsuji Miyazaki urush paytida A6M Zero samolyotlari uchun ehtiyot qismlar ishlab chiqaradigan Miyazaki Airplane zavodining direktori boʻlgan. Otasining biznesi tufayli Miyazaki oilasi oʻziga toʻq yashagan. Hayao bolaligidan uchar qurilmalarga mehr qoʻygan va keyinchalik bu uning ijodiga sezilarli taʼsir koʻrsatgan. Urush paytida, Hayao uch yoshga toʻlganida, oila Utsunomiya shahriga, Amerika qoʻshinlari shaharni bombardimon qilganidan keyin esa Kanumaga evakuatsiya qilingan.

Manbalar tahrir