Haydarali Nuraliyev
Bu maqolaga boshqa birorta sahifadan
ishorat yoʻq. (avgust 2024) |
Haydarali Nuraliyev (1944.10.12, Toshkent) — naqqosh, Oʻzbekiston xalq ustasi (1998). P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini tugatgan (1969). 1969—1978 yillarda Toshkentdagi "Suvenir" fabrikasida naqqosh, bosh usta lavozimida ishladi. 1978-yildan "Us to" birlashmasida naqqosh usta. Koʻp yillar davomida ustozi Hakim Jalolov guruhi bilan Oʻzbekistonning koʻplab madaniy, maʼmuriy binolari shift va devorlariga kurkam bezaklar ishlashda mahorat koʻrsatdi. Ayniqsa, "islomiy" naqshlar ishlashda yutuklarga erishdi. Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Oliy Majlis binosi interyerlari va boshqaga ishlagan naqshlari naqqoshlik sanʼati namunalari hisoblanadi[1].
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |