Hayot goʻzal (italyancha: La vita e' bella) – 1997-yilda suratga olingan italyan tragikomediya filmi. Film italyan yahudiysi Guido Orefice (Roberto Benigni)ning millatchilar konsentratsion lagerida oʻz oʻgʻlini qutqarish uchun ishlatgan boy fantaziyasi haqida.

Hayot goʻzal
Rejissyor(lar) Roberto Benigni
Prodyuser(lar) Gianluigi Braschi
Elda Ferri
Ssenariynavis(lar) Roberto Benigni
Vincenzo Cerami
Rollarda Roberto Benigni
Nicoletta Braschi
Giorgio Cantarini
Giustino Durano
Distribyutor Miramax Films (AQSh)
Chiqarilgan sanasi Italiya bayrogʻi 20-dekabr 1997
AQSH bayrogʻi 23-oktabr, 1998
6-noyabr, 1998
Avstraliya bayrogʻi 26-dekabr, 1998
Buyuk Britaniya bayrogʻi 12-fevral, 1999
Yangi Zelandiya bayrogʻi 5-mart, 1999
Vengriya bayrogʻi 8-aprel, 1999
Davomiyligi 116 daqiqa.
Mamlakat Italiya bayrogʻi Italiya
Tillar Italyan, nemis, ingliz

Ekranga chiqishi bilan kartina keng koʻlamli xalqaro eʼtiborga erishdi. 1998-yili filmga Kann kinofestivalining gran-prisi taqdim etildi. Oʻsha yiliyoq film Oscar mukofotiga yetti nominatsiyada koʻrsatildi („Eng yaxshi musiqa“, „Eng yaxshi erkaklar roli“, „Eng yaxshi film“, „Chet tilidagi eng yaxshi film“, „Eng yaxshi ssenariy“, „Eng yaxshi rejissura“, „Eng yaxshi montaj“). Ikki Oscar haykalchasini Roberto Benigni eng yaxshi aktyor va chet tilidagi eng yaxshi filmning rejissori sifatida qoʻlga kiritdi. Shuningdek film „Eng yaxshi musiqa“ nominatsiyasida gʻalabaga erishdi.