Zoogeografiya
Zoogeografiya, hayvonlar geografiyasi — hayvonlarning hozirgi davrda va oʻtmishda Yer yuzida tarqalishi, taqsimlanishini oʻrganadigan biogeografiya fanlaridan biri. 3. hayvonlar tarqalishi va taqsimlanishi, ular taksonomik va ekologik guruxlarining Yer yuzida joylanishining zamonaviy va tarixiy sabablari hamda qonuniyatlarini tadqiq qiladi. 3. ayni vaqgda biologiya hamda geografiya fanlari qatoriga kiradi. Tekshirish obyektiga koʻra, 3. biologiya ning sistematika, paleontologiya, ekologiya, oʻsimliklar geografiyasi va b. fanlari, tabiiy geografiyaning paleogeografiya, landshaftshunoslik, tarixiy geologiya fanlari hamda tarix, arxeologiya, etnografiya kabi baʼzi ijtimoiy fanlar bilan uzviy bogʻlangan. 3. ga qiziqish Ch. Darvinnmng „Turlarning paydo boʻlishi“ (1859) asari yaratilganidan keyin kuchaydi. Darvin asarining 12- va 13-boblari organizmlarning Yer yuzida tarqalishiga bagʻishlangan. 3. ning rivojlanishida ingliz tabiiyotshunosi F. Skleteraning ishlari (1858) diqqatga sazovordir. U qushlarning tarqalishini batafsil tadqiq qilish asosida Yer yuzida tarixiy taraqqiyot davomida tarkibi jihatidan bir-biridan farq qiladigan, oʻz tarixiga va oʻziga xos faunistik kompleksiga ega boʻlgan hayvonlarning hududiy kompleksi shakllanganligini koʻrsatib berdi. Bunday komplekslar keyinroq zoogeografik oblastlar deb ataladigan boʻldi. 3. dagi tarixiy yoʻnalishni ingliz olimi A. G. Uolles boshlab bergan. Uning „Hayvonlarning geografik tarqalishi“ (1876) asari evolyusion Z.ga asos solgan asar hisoblanadi. Turli mamlakatlarda hayvonlarning tarqalishini oʻrganish sohasidagi tadqiqotlar bundan bir necha yuz yil ilgari boshlangan. Bu borada Yevropa va Osiyoning turli mintaqalariga sayohat qilgan rus tabiiyotshunoslari S. P. Krasheninnikov, aka-uka I. G. va S. G. Gmelinlar, P. S. Pallas va I. I. Lepexinning xizmatlari katta boʻldi. 19-asr ga kelib K. M. Ber, A. F. Middendorf, E. A. Eversman, Yu. I. Semashko, A. P. Semenov — Tyan-Shanskiy va b. tomo-nidan 3. ga oid juda koʻp materiallar yigʻildi va umumlashtirildi. Suv fau-nasini oʻrganish boʻyicha L. S. Berg, N. M. Deryugin, N. M. Knipovich, L. A. Zenkevich va b. yirik tadqiqotlar olib borishdi.
Hoz. Turkiston oʻlkasi hayvonlarining geografik tarqalishini urganish ishlarini N. A. Seversov boshlab bergan. Bu sohada D. N. Kashkarovning xizmatlari ham katta boʻldi. Oʻrta Osiyo hududi hayvonlarini urganish va zoogeografik rayonlashtirishda M. A. Menzbir, N. A. Zarudniy, P. A. Kuznetsov, A. P. Kuzyakin, S. A. Chernov, T. 3. Zohidov, R. N. Meklenbursev, O. N. Bogdanov va b. ham qatnashdi.
Z.ning asosiy metodlaridan biri zoologik xaritalarni tuzish, yaʼni geo-grafik xarita orqali ayrim turlar va butun bir faunistik kompleksning arealini va ularning geografik muhit bilan aloqasini koʻrsatib berishdan iborat. Areal eng asosiy zoogeografik tushuncha boʻlib, zoogeografik tadqiqotlarning bosh obyekti hisoblanadi. Biror mamlakat yoki fizik-geografik hudud (orol, togʻ, choʻl yoki suv ekosis-temasi) faunasi turlarining tarkibi va ularning tarqalishini; ekologik jamoalar (biogeotsenozlar)ning tarkibi, ularning Yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini urganish ham 3. ning vazifasiga kiradi. Zamonaviy 3. rivojlanishining asosiy yoʻnalishlari quyidagilardan iborat: a) ayrim turlar va taksonlar arealini urganish; ular areali chegarasini va tarkibini, yoʻqolib borayotgan, noyob va xoʻjalik jihatdan qimmatli turlar tarkibi, ular sonining oʻzgarishi sabablari va qonuniyatlarini aniqlash; b) alohida maydonlarda hayvonlarning birga yashovchi guruxlarining shakllanishi, ularning tarkibi va hayot kechirishi xususiyatlarini oʻrganish; v) faunistik komplekslarning hududiy taqsimlanishi, ularning shakllanishi yullari dinamikasi va tarkibining oʻzgarib turishi sabablari, ularga inson faoliyati taʼsirini aniqlash; g) tabiat tarkibiy qismlarining hayvonlarning tarqalishiga, ayrim turlar va faunistik komplekslarning mos-lanish xususiyatiga yoki aksincha hayvonlarning landshaftga taʼsirini oʻrganish.
3. tur hosil boʻlishi omillari va usullarini tushunib olishda katta ahamiyatga ega. Koʻpchilik biologlarning fikricha, populyasiyalarning hududiy alohidalanishi bilan bogʻliq geografik tur hosil boʻlishi bu jarayonni evolyusion nuqtai nazardan hal etishda muhim ahamiyatga ega. 3. tadqiqotlaridan tarixiy geologiya va geog.ni oʻrganishda foydalanish mumkin. 3. dalillari qitʼalar oʻrtasida mavjud boʻlgan geologik bogʻlanishlarni, Avstraliya, Antarktida va Yer yuzi okeanlari tarixini oʻrganishda muhim ahamiyat kasb etadi. 3. ovchilik va moʻynachilikda, den-gizlarda baliq ovlashni yoʻlga qoʻyishda amaliy ahamiyatga ega. 3. maʼlumotlari qishloq xoʻjaligi ekinlari va chorva mollari zararkunandalarini oʻrganish va ularga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chiqishda, hayvonlarni iqlimlashtirish va tabiatni muhofaza qilish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni hal etishda katta ahamiyatga ega.
Adabiyotlar
tahrir- Darlington F., Sovremennie problemi zoogeografii, M., 1980. Kobishev N. M., Geografiya jivotnix s osnovami zoologii, M., 1988.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |