Hazrat Mahmud G‘ijduvoniy — (XVI asr) — alloma va muhaddis. Hazrat Mahmud G‘ijduvoniy sayyoh, tarixchi, diniy va dunyoviy ilmlarni egallagan zot hisoblanadi. Uning to‘liq ismi Joni Mahmud ibn Shayx Ali ibn Imomiddin al-G‘ijduvoniydir. Mahmud Gʻijduvoniy XVI asrda yashab, ijod qilib o‘tgan[1]. Mahmud G‘ijduvoniyning ustozi jug‘rofiya fani bilimdoni Shayx Kamoliddin Husayn Xorazmiy, Shayx Hoji Muhammad al-Habushoniylar edi. Mahmud G‘ijduvoniy ushbu ustozi bilan ko‘plab mamlakatlarni kezib, tadqiq etgan. Hazrat Mahmud o‘zi mustaqil ravishda O‘rta Osiyo, Eron bo‘ylab sayohat qilgan va safar xotiralarini 1543-yilda „Miftohul tolibin“ (Tolibi ilmlarga kalit) nomli kitobiga kiritgan. Ushbu asarda Buxoro, Xorazm, Samarqand, Mashhad, Marv, Hirot, Niso va boshqa shaharlar haqida qiziqarli maʼlumotlar bor. Shuningdek, ushbu joylarda istiqomat etayotganlarning urf-odati, liboslari bayon qilingan. O‘sha asru ayomda bo‘lib o‘tgan voqealar ham kitobda o‘z aksini topgandir. Shaharlarning jug‘rofiy xaritasi, tabiati va xalq xo‘jaligiga doir qimmatli maʼlumotlari ham Maxmud G‘ijduvoniy kitoblarida bor. Mahmud G‘ijduvoniyning „Miftohul tolibin“ kitoblari fors-tojik tilida yozilgandir. Bu nodir kitobni XIX asrda Ogahiy o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Hozir bu tarjimaning qo‘lyozmasi O‘z FA Sharshunoslik institutiti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Ko‘rinib turibtiki, Buxoroyi sharifda nafaqat diniy, balki dunyoviy ilmlar ham rivoj topgan. Uning jug‘rofiyaga doir kitoblar ham mavjud. Mahmud G‘ijduvoniyning qabrlari haqida hozircha maʼlumotimiz yo‘q. U toʻgʻrisida maʼlumotlar ham kam saqlanib qolingan[2].

Muhaddis

Ism

Hazrat Mahmud G‘ijduvoniy

Tavalludi

XVI asr

Falsafa maktabi


Manbalar tahrir

  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143 bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291 bet.