Hazrat Nazar Ali bobo masjidi – Oʻzbekiston Respublikasi Musulmonlar idorasi tasarrufida boʻlgan jomeʼ-masjid hisoblanib, Toshkent viloyatida joylashgan[1][2]. Jomeʼ-masjid 1998-yil 11-avgust kuni Toshkent viloyati adliya boshqarmasi tomonidan yuridik maqomiga ega boʻlgan[3].

Masjid
Hazrat Nazar Ali bobo jome'-masjidi
Hazrat Nazar Ali bobo
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Oʻrta Chirchiq tumani
Shahar Changtepa mahalla fuqarolar yigʻini
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Soʻngi imom Turmuhammad domla Eshnazarov
Maqomi Masjid
Gumbazlar soni 1
Gumbazlar soni 1
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona

Joylashuvi

tahrir

Hazrat Nazar Ali bobo jomeʼ-masjidi Toshkent viloyati, Oʻrta Chirchiq tumani tasarrufidagi „Navoiy“ qishloq fuqarolar yigʻini, Changtepa mahallasida joylashgan boʻlib, Oqqoʻrgʻon-Qoʻyliq magistral yoʻli yoqasida joylashgan[4]. Mazkur masjidda yagona gumbaz va tahoratxona mavjud boʻlib, ikki qavatdan tuzilganligi sabab oʻz bagʻriga koʻplab musulmon aholilarni sigʻdira oladi.

Faoliyati

tahrir

Hazrat Nazar Ali bobo jomeʼ-masjidi kunlik besh vaqt namoz ibodatini, shuningdek, Juma namozi, Qurbon va Ramazon hayiti kabi yuruk jamoat namozlarini bajarish uchun yetarli va talablarga javob beradigan binoda faoliyat yuritadi. Ushbu jomeʼ-masjidga Changtepa mahalla fuqarolar yigʻinidagi istiqomat qiladigan aholilar kelishadi. Shuningdek, Oqqoʻrgʻon tumanida joylashgan, Changtepa mahallasiga chegaradosh boʻlgan Olimkent qishloq fuqarolar yigʻini, Mehnatobod qishloq fuqarolar yigʻini, Usmon ota, Kuchlik, Qoʻshdaryo, Maʼrifat, Muruvat, Guliston, Dehqonobod, Nurli Yulduz kabi koʻchalarda yashovchi aholi ham namoz farz va sunnatlarini oʻqish uchun joyga kelishadi. 2020-2021 yillar davomida qoʻshni Usmon ota masjidi hududida qurulish va taʼmirlash, masjid binosining qaytadan rekonstruksiya ishlari sababli yopilganligi sabab Hazrat Nazar Ali bobo jomeʼ-masjidiga keluvchilar soni ikki yil davomida keskin oshib ketgan[5].

Manbalar

tahrir