Hazrat Oxund Mullo Muhammad — alloma va avliyo. Hazrat Oxund Mullo Muhammad buyuk avliyo, o‘z davrining ulkan allomasi, isteʼdodli tarbiyachi, zabardast shoir edi. Uning taxallusi Imlodir. „Imlo“ so‘zi quyidagi maʼnolarni bildirib kelarkan: 1. To‘ldirish, to‘la ifodalash. 2. Belgi, ishora. 3.To‘g‘ri yozish. Eshoni Imlo Buxoroda 1686-yil tug‘ilib, shu yerdagi madrasalarda taʼlim olgan. Nosiriddin To‘raning „Tuhfat az-zoirin“ kitobida yozilishicha, Hazrat Imlo to‘rtta tariqatning piri murshidi bo‘lgan. Bular kubraviya, naqshbandiya, ishqiya, jahriya tariqatlaridir. Shu bois bu zoti sharifni jomeus suluk (suluklar majmuasi) deb atagan. Eshoni Imloning kubraviya sulukidagi pirlari Mirzo Bahodur Shirbuduniy, naqshbandiya sulukidagi pirlari Xoja Podshoh Salim Balxiy, ishqiya sulukidagi pirlari Mavlono Shayx Usmon Azizon quddisa sirruhular bo‘lgan. Eshoni Imlo hijriy 1162-yil, Rabbial avval oyining 18-kuni, milodiy 1749-yil 8-martda vafot etadi. Hazrat Imlo 63 yil umr ko‘rgan. Eshoni Imlodan „Devon“ qolgan. Buxorodagi ko‘plab ziyolilar xonadonida ushbu „Devon“ bor. Eshoni Imlo ashʼorlari so‘fiyona ruhda bo‘lib, uning ulkan isteʼdod sohibi ekanliklaridan daraq beradi. Eshoni Imloning ota tomonidan nasablari Hazrati Ali r.a.ga borib taqaladi. „Tuhfat az-zoirin“da ushbu shajara ham keltirilgandir: Mullo Muhammad Imlo al-Buxoriy ibn Aloiddin Azizon Shayx Sayfiddinxoja ibn Xodixoja ibn Uvays Shayx Ibn Ahmad Shayx ibn Boboyusufxoja ibn Ali Mahmud Shayx ibn Tolib Shayx ibn Bobogosufxoja ibn Ali Murtazoxoja ibn Yunus Shayx ibn Ahmad Shayx ibn Mahmud Shayx ibn Tolib Shayx ibn Abduljalil Shayx ibn Sulaymon Shayx ibn Muso Shayx ibn Horun Shayx ibn Abdulqahhor Shayx ibn Abdulfattoh ibn Imom Muhammad Hanifa ibn Amiral Mo‘min Ali al Murtazo r.a[1]. Hazrat Oxund Mullo Muhammad Eshoni Imloning qabri „Eshoni Imlo“ qabristonida bo‘lgan. Ushbu mozoristonda koʻplab avliyo, shuningdek, Buxoro amirlari dafn qilingan. Lekin sobiq Ittifoq davrida bu mozoriston ham vayron etildi, bu ziyoratgoh yo‘qotildi. Eshoni Imlo mozoristoni ustida Ibn Sino maktabi qurildi. Eshoni Imlo ziyoratgohida tarixiy sardoba ham bor, bu Eshoni Imlo sardobasi hisoblanadi[2].

Avliyo

Ism

Hazrat Oxund Mullo Muhammad

Tavalludi


Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Насир ад-Дин ал-Ханафи ал-Хасани ал-Бухари. Тухфат аз-заирин («Подарок паломникам») Автор перевода с таджикско-персидского, предисловия и комментариев: Халим Тураев. Toshkent: Splendid Idea, 2021 — 204-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.