Hazrat Sayyid Ato — (XIII asr) — alloma va muhaddis. Sayid Atoning asl ismi Hazrat Sayid Ahmaddir. Sayid Ato nomi bilan mashhur. U Zangi Atoning ikkinchi xalifasi hisoblanadi. Zangi Ato Hakim Atodan, bu zoti sharif esa Hazrat Ahmad Yassaviydan saboq olgan[1]. Naql qilinishicha, Uzun Hasan Ato, Badr Ato, Sadr Ato, Sayid Atolar Buxoro madrasalarida taʼlim olardi. Nogoh ularning qalbida tariqatga kirmoq, haq yo‘lni topmoq ishqi paydo bo‘ladi va piri murshid izlab yurtma-yurt kezdilar. Ular sahroda sigirlarni boqib yurgan qora tanli, do‘rdoq labli Hazrat Zangi Atoga duch kelib, maqsadlarini bayon qilganda, Zangi Ato: „Bugun dunyoning to‘rt tomonini tadbiq etib ko‘rdim, lekin hech bir joydan mardi Xudoning hidi kelmayotir. Demak mening o‘zim sizlarni tarbiyalab, nuqsonlardan qutqarib, kamolotga yetkazishim lozimdir. Ushbu ishda o‘zimdan boshqa qobil inson yo‘q ekan!“ — deb aytgan. Kunlardan bir kun Sayid Ato Afshona qishlog‘iga keldi, qadrdonlari bilan uchrashib, o‘zi karomat qilgan o‘g‘ilni yo‘qladi va Amiri Kalonni bag‘riga olib, duo qildi. Boshqa bir rivoyatda aytilishicha, Hazrat Sayid Ato ko‘chadan o‘tib ketayotganlarida o‘ynab turgan bolalarning orasidan bir bola yugurib kelib, odob bilan salom beradi. Bu Amir Kalon edi. Sayid Ato Amiri Kalonni qo‘llaridan olib, uyga kiritadilar va duo qiladilar. So‘ng boshlaridagi sallani teng ikkiga bo‘lib, birini o‘z boshlariga, ikkinchi bo‘lagini Hazrati Amir Kalon boshlariga o‘rab, bolani chiqarib yuboradilar. Amiri Kalon ko‘chadagi bolalar bilan bir muddat o‘ynaganlaridan so‘ng, yana bolani chaqirib kelishni Sayid Ato buyuradilar. Amiri Kalon uyga kirgach, haligi teng ikkiga bo‘lingan sallani bir-biriga taqqoslab, o‘lchab ko‘rsalar, bolaning boshidati salla uch bosh hajmida uzun bo‘lib qolibdi. Uch marotaba o‘lchaganda ham shu hol takrorlanibdi. Shundan so‘ng Hazrat Sayid Ato mushohada qilib, xitob qilib debdilarki: „Amiri Kalonning darajasi mendan xam ulug bo‘lgaydur, inshaolloh!“. Hazrat Sayid Ato qadamjosi juda ko‘p viloyatlarda bor. Xorazm va Buxorodagi Sayid Ato ziyoratgohlari mashhur. Buxoro viloyati, Shofirkon tumani, Jo‘yrabod qishlog‘ida Hazrat Sayid Ato nomli mozor, jomeʼ masjid bor. Sobiq Ittifoq davrida Sayid Ato maqbarasi buzib yuborilgan. Hozir Sayid Ato ziyoratgohida yangi jomeʼ masjid qurilgan va maqbara barpo qilingan. Buxoroda Orif hoji Xo‘jayev, Muhiddin Shokirov kabi Sayid Atoning avlodlari hozirda istiqomat qilmoqda[2].

Muhaddis

Ism

Hazrat Sayyid Ato

Tavalludi

XIII asr

Falsafa maktabi


Manbalar

tahrir
  1. Yoʻldoshev N. Buxorodagi ayrim avliyolar tarixi. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1993 — 143-bet. 
  2. Sadriddin Salim Buxoriy. Buxoroning tabarruk ziyoratgohlari. Buxoro: Durdona nashriyoti, 2012 — 291-bet.