Bu maqolaning betarafligi shubha ostidadir. Batafsilroq maʼlumot uchun maqola munozarasiga qarang. (2024-08)
Bu maqolada manbalar<ref></ref> teglariga olinmagan yoki umuman koʻrsatilmagan. Iltimos, qoida va koʻrsatmalarga muvofiq maqolani vikilashtiring.(2024-08)
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (2024-08)
Quruq va iliq kontinental iqlimga ega boʻlib, bu yerda yiliga 300-400 millimetr yogʻingarchilik boʻladi. Yillik oʻrtacha harorat 14 daraja, yanvarda oʻrtacha harorat 19 daraja sovuq boʻlsa, iyulda esa 30 daraja issiqni tashkil etadi. Aytish joizki, hududda aniqlangan mutlaqo yuqori harorat 47 daraja issiq, mutlaqo past harorat esa 32 daraja sovuqqa teng. Qish oʻrtacha sovuq, qor yogʻishi va ayozli kunlar davomli haroratning iliqligi bilan yomgʻirli va shamolli ob-havo bilan almashib turadi. Bahor qisqa, iliq va yogʻingarchilikka boy boʻladi. Shuningdek, bahorda iliq va ochiq havo tez-tez davomli sel bilan almashib turadi, koʻp hollarda tumanlar, momaqaldiroq, haroratning sovib ketishi va qor yogʻishi kuzatiladi. Bu oʻz navbatida insonga oʻzgacha zavq bagʻishlaydi. Yoz davomli, issiq va quruqligi bilan, kuz esa shabadalari-yu, tumanli va yogʻingarchilik ob-havosi bilan ajralib turadi. May-iyun oylarida bu hududning tabiati oʻziga xos tarovati bilan ajralib turadi. Togʻ yon bagʻridagi yashillik, oʻsimlik dunyosidagi xilma-xillik, musaffo havo, jilgʻalarning ovozlari kishiga zavq bagʻishlaydi[1].
Hazarati Zaynulobiddin toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining qoʻlyozmalar fondida saqlanayotgan „Xazinat ul-asfiyo“ kitobida maʼlumot berilgan. Unga koʻra, Zaynulobiddin degan nomni olgan zot hazrat Hasan ibn Ali ibn Abu Tolibning 24-avlodlari, yaʼni hazrat Alining 25-avlodlari ismlari – Alouddin, xalq tomonidan berilgan nomlari – Zaynulobiddin (taqriban 895-yilda tugʻilib, 915-yilda vafot etganlar) boʻlib, u zot ayni yigitlik davrlarida Nogur yoʻlida otasining koʻz oldida yoʻltoʻsarlar qoʻlida shahid boʻlgan[2].
Zaynulobiddin nomini berilishi va uning maʼnosi juda keng qamrovli hodisa hisoblanadi. Zaynulobiddin – dinga sigʻinuvchilar (xudojoʻylar)ning eng aʼlosi, goʻzali degan maʼnoni anglatadi. Dastlab bu nom imom Alining faxriy unvoni boʻlgan. Hazrati Ali xudoj`oyligi, su’rati va siyratida diniy goʻzallikni namoyon boʻlishi uni ushbu unvonga sazovor etgan. Oradan koʻplab asrlar oʻtib, uning 25-avlodi tomonidan ushbu unvonni olinishi, tamomila Hazrati Aliga munosib avlod ekanligidan dalolat beradi[3].