He Yang (1983-yil 23-fevralda Tianjinda tugʻilgan) — Xitoy terma jamoasining sobiq futbolchisi.

He Yang
何杨
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi He Yang
Tavallud sanasi 23-fevral 1983-yil (1983-02-23) (41 yosh)
Tavallud joyi Tianjin, Xitoy
Boʻyi 1.86 m (6 ft 1 in)
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2002—2014 Tianjin Teda 99 (3)
2015—2016 Qingdao Jonoon 48 (0)
2017 Zhejiang Yiteng 23 (1)
2018—2020 Chengdu Better City 35 (0)
Milliy terma jamoa
2009—2010 Xitoy 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(31-dekabr 2020-yil uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (1-mart 2013-yil uchun)

Klubdagi faoliyati tahrir

He Yang 2002-yilgi liga mavsumida „Tianjin Teda“ yoshlar jamoasini tugatgan boʻlsa-da, u 2003-yilgi liga mavsumigacha oʻn uchta liga oʻyinida qatnashib, asosiy jamoaga kirish uchun kurash olib borgan[1]. Koʻpincha oʻz faoliyati davomida zahiradan maydonga tushgan, shu sababdan oʻzini koʻrsata olmagan, shunga qaramay, u 2008-yilgi ligada kattalar jamoasidan butunlay chetlashtirilganida ham „Tianjin“da qolgan. 2009-yilgi liga mavsumi boshlanganda markaziy himoyachi Van Syao jarohat olgan va murabbiy Zuo Shusheng darhol He Yangni uning oʻrniga jamoaga qaytargan va jamoada oʻzini koʻrsatish uchun yana bir imkoniyat berilgan[2]. He Yang berilgan imkoniyatdan unumli foydalanib jamoaning ajralmas aʼzosi sifatida oʻzini koʻrsatgan. U debyut golini 2009-yil 16-mayda „ Shanhai Shenhua“ga qarshi oʻyinda kiritgan[3]. Ari Haan yangi murabbiy sifatida jamoaga kelganida, He Yang jamoaning ajralmas qismi boʻlib qolgan va Tianjinga 2010-yilgi Xitoy Superligasi mavsumida ikkinchi oʻrinni egallashiga yordam bergan.

2015-yilning 11-fevralida u Xitoyning birinchi ligasi vakili Qingdao Jonunga oʻtgan[4]. Ikki mavsumdan soʻng u 2017-yil 14-yanvarda Zhejiang Yiteng vakiliga aylangan[5]. Buning ortidan 2018-yilgi Xitoy Chempionlar Ligasi mavsumida toʻrtinchi divizion vakili Chengdu Better City klubiga oʻtgan va u klubning ketma-ket yuqori divizionlarga koʻtarilishida ajralmas rol oʻynagan[6]. 2020-yilgi Xitoy 1-ligasi mavsumi oxirida uning Chengdu bilan shartnomasi tugagan[7]. 2021-yil 24-fevralda u professional futboldagi faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[8].

Xalqaro faoliyati tahrir

He Yang terma jamoasidagi debyutini 2009-yilning 1-iyunida Eronga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida oʻtkazgan va oʻng qanot himoyachisi sifatida maydonga tushgan[9]. Keyin u 2010-yilgi Sharqiy Osiyo futbol chempionatida gʻolib chiqqan jamoa tarkibga kiritilgan, ammo birorta oʻyinda maydonga tushmagan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub statistikasi tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Tianjin Teda 2002 Xitoy Jia-A Ligasi 0 0 0 0 - - - 0 0
2003 13 0 1 0 - - - 14 0
2004 Xitoy Super Ligasi 5 0 1 0 0 - - 6 0
2005 3 0 0 0 0 - - 3 0
2006 9 0 0 0 - - - 9 0
2007 0 0 - - - - 0 0
2008 0 0 - - - - 0 0
2009 24 3 - - 4 0 - 28 3
2010 19 0 - - - - 19 0
2011 7 0 0 0 - 3 0 - 10 0
2012 16 0 0 0 - 3 0 1 0 20 0
2013 3 0 1 0 - - - 4 0
2014 0 0 0 0 - - - 0 0
Jami 99 3 3 0 0 0 10 0 1 0 113 3
Qingdao Jonoon 2015 Xitoy Birinchi Ligasi 25 0 1 0 - - - 26 0
2016 23 0 0 0 - - - 23 0
Jami 48 0 1 0 0 0 0 0 0 0 49 0
Zhejiang Yiteng 2017 Xitoy Birinchi Ligasi 23 1 1 0 - - - 24 1
Chengdu Better City 2018 Xitoy Chempionlar Ligasi 8 0 - - - - 8 0
2019 Xitoy Ikkinchi Ligasi 23 0 2 0 - - - 25 0
2020 Xitoy Birinchi Ligasi 4 0 0 0 - - - 4 0
Jami 35 0 2 0 0 0 0 0 0 0 37 0
Karyerada jami 205 4 7 0 0 0 10 0 1 0 223 4

Yutuqlar tahrir

Klub tahrir

Tianjin Teda FC

  • Xitoy FA kubogi : 2011[10]

Mamlakat tahrir

  • Sharqiy Osiyo futbol chempionati : 2010-yil

Manbalar tahrir

  1. „何杨“ (xitoycha). sodasoccer.com. 12-noyabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-may 2020-yil.
  2. „何杨“. data.sports.163.com. 2012-yil 22-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
  3. „1–1 – 比赛结果-中超数据库-搜狐“. csldata.sports.sohu.com (16-may 2009-yil). Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
  4. „中能宣布连签两将:恒大小将+泰达前国脚“. sports.sina.com (2015-yil 11-fevral). Qaraldi: 12-fevral 2014-yil.
  5. „毅腾官宣前泰达国脚 曾获中超亚军+足协杯冠军“. sports.sina.com (14-yanvar 2017-yil). Qaraldi: 14-yanvar 2017-yil.
  6. China 2019 > China League Two at rsssf.com 2020-10-15 Retrieved 2021-05-20
  7. 离队公告丨感谢曹添堡、何杨,成都是你们永远的家 at dongqiudi.net 2021-01-16 Retrieved 2021-05-20
  8. 前国脚何杨退役:因为热爱所以执着 无悔足球青春 at sports.sina.com.cn 2021-02-24 Retrieved 2021-05-20
  9. „郜林补射绝杀高家军迎来首胜 中国队1–0胜伊朗“. teamchina.sports.sohu.com (1-iyun 2009-yil). 19-yanvar 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 25-iyul 2012-yil.
  10. „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (xitoycha). Sports.sina.com.cn (19-noyabr 2011-yil). Qaraldi: 20-avgust 2019-yil.