Heinrich Theodor Böll (21-dekabr 1917, Kyoln – 16-iyul 1985, Kreuzau) — nemis yozuvchisi. Ijodi fashizmga qarshi va ijtimoiytanqidiy mavzuga moyil: "Qayerda eding , Odamato" (1951), "Bir ogʻiz ham soʻz demay" (1953), "Toʻqqiz yarimdagi bilyard oʻyini" (1959), "Xonim va atrofidagilar portreti" (1971) va boshqa romanlari ruhiy tahlilining chuqurligi, koʻtarilgan masalalarning oʻtkir va jiddiyligi, insonparvarlik ruhi bilan ajralib turadi. "Katarina Blyumningyoʻqolgan iffati..." (1974), "Reyn sohilidagi ayollar" (1985) kabi siyosiy romanlar muallifi. Nobel mukofoti laureati (1972).[3]

Heinrich Böll
Tavalludi 21-dekabr 1917[1][2]
Vafoti 16-iyul 1985[1][2]
Ijod qilgan tillari Nemis tili[1]
Fuqaroligi Germaniya

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. 2,0 2,1 (unspecified title)
  3. "BYOLL (Boll) Genrix" OʻzME. B-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil