Helene Mecklenburg-Strelitz gersoginyasi

Mecklenburg-Strelitz gersoginyasi Helene (1857-yil 16-yanvar — 1936-yil 28-avgust) Meklenburg-Strelits gertsogi Georg Avgust va uning rafiqasi, Gertsog8nya Ketrin Mixaylovnaning qizi[2]. U Saxe-Altenburg shahzodasi Albertning ikkinchi xotini boʻlgan.

Helene Mecklenburg-Strelitz
Tugʻilishi 16-yanvar 1857-yil
Sankt Peterburg
Vafoti 28-avgust 1936-yil(1936-08-28)
(79 yoshda)
Remplin
Dafn etilgan joy
Friedhof, Remplin[1]
Turmush oʻrtogʻi
Prince Albert of Saxe-Altenburg
(turm. 1891; vaf. 1902)
Uy Mecklenburg-Strelitz
Otasi Duke Georg of Mecklenburg-Strelitz
Onasi Grand Duchess Catherine Mikhailovna of Russia

Buyuk Gertsog Catherinening (otasi Buyuk Gertsog Michaelning asosiy merosxoʻri) yagona qizi boʻlgan Helene juda badavlat edi[3]. U Mecklenburg-Strelitz oilasining rus boʻlimiga mansub boʻlagan[3] va shuning uchun onasining ona vatani bilan koʻplab aloqalarga ega edi.

Battenberg malikasi Heleneni Bolgariyaning hukmron shahzodasi Aleksandrga turmushga chiqishni judada xohkagan, lekin shahzoda unga hech qachon eʼtibor bermagan[4]. 1891-yil 13-dekabrda Remplin shahrida Helene Saxe-Altenburg shahzodasi Albertga turmushga chiqqan[2][1]. U Saxe-Altenburg shahzodasi Eduardning ikkinchi xotini Greiz malikasi Luiza Karolin Reusdan (1822—1875) yagona oʻgʻli boʻlgan. Uning birinchi rafiqasi 1888-yilda vafot etgan Prussiya malikasi Marie boʻlgan[3]. Nikoh orqali Helene Albertning ikki qizi Olga va Marie uchun oʻgay ona boʻlgan. U Albert bilan nikohdan farzand koʻrmagan.

Keyingi yillar

tahrir

Toʻydan keyin Helene va Albert yilning yarmini Rossiyada oʻtkazdilar, u yerda Berlin jamiyatida uni juda sogʻinishgan[3]. 1896-yilda Albert va boshqa bir qancha taniqli ijtimoiy yetakchilar imperator Vilgelm II bilan kelishmovchiliklari natijasida Berlinni tark etishgan[5]. Albert va uning oilasi Schwerin mulkida yashay boshlashgan[6]. Manbalarning xabar berishicha, Vilgelmning „oʻzboshimchaliklari“ Albert va boshqalar uchun juda chidab boʻlmas darajaga yetgan, chunki ular eski Vilgelm I davridagi ijtimoiy xushmuomalalik kunlariga oʻrganib qolgan edilar[5].

Albert 1902-yil 22-mayda vafot etgan. Helene 1919-yilda bolsheviklarning Rossiya fuqarolar urushidagi muvaffaqiyati sababli oilasi bilan chet elga qochishga majbur boʻlgan. U 1919-yildan 1923-yilgacha Daniyaning Kopengagen shahrida[7] va 1923-yildan kamida 1925-yil noyabrigacha Daniyaning Hellerup shahrida yashagan. Oxir-oqibat u Mecklenburgdagi Schloss Remplinda jiyani Mecklenburg gertsogi George va uning oilasi bilan istiqomat qilgan. Ularga 1930-yilda ular bilan birga ukasi Meklenburg gertsogi Charlz Maykl ham yashay boshlagan. 1936-yil 28-avgustda Helen Remplinda vafot etgan[2].

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8. Charles II, Grand Duke of Mecklenburg
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. George, Grand Duke of Mecklenburg
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9. Princess Friederike of Hesse-Darmstadt
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Duke Georg August of Mecklenburg-Strelitz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10. Landgrave Frederick of Hesse-Kassel
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Princess Marie of Hesse-Kassel
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11. Princess Caroline of Nassau-Usingen
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Duchess Helene of Mecklenburg-Strelitz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12. Paul I of Russia
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6. Grand Duke Michael Pavlovich of Russia
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13. Duchess Sophie Dorothea of Württemberg
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Grand Duchess Catherine Mikhailovna of Russia
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14. Prince Paul of Württemberg
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7. Princess Charlotte of Württemberg
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
15. Princess Charlotte of Saxe-Hildburghausen
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 „MECKLENBURG-STRELITZ“. Royalty Guide. 2010-yil 29-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 14-oktabr 2010-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 Lundy. „The Peerage: Helene Herzogin von Mecklenburg-Strelitz“. Qaraldi: 13-oktabr 2010-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 „Berlin-Malcom Clarke“, Minneapolis Tribune, 22-iyul 1902-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  4. The downfall of three dynasties (1970). Ayer Publishing. P 266.
  5. 5,0 5,1 „Snubbed By The Kaiser“, The New York Times, 17-fevral 1896-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  6. „Britain and the Boers“, The New York Times, Berlin, 9-fevral 1896-yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  7. „Søg i indtastede kilder“.