Hello, Goodbye

The Beatles guruhi qoʻshigʻi (1967)

Hello, Goodbye“ (tarjimasi „Salom, xayr“) — „The Beatles“ ingliz guruhi ijro etgan qoʻshiq. Qoʻshiq muallifi oʻlaroq Lennon–McCartney koʻrsatilgan boʻlsa-da, uni Paul McCartney yozgan. Tarona John Lennon yozgan „I Am the Walrus“ qoʻshigʻi bilan bir qatorda 1967-yilning noyabrida albomga kiritilmagan singl oʻlaroq chiqarilgan. „Hello, Goodbye“ guruh menejeri Brian Epstein vafotidan keyin eʼlon qilingan ilk qoʻshiqdir. Singlning jahon boʻylab bozori chaqqon boʻlgan. Tarona AQSh, Buyuk Britaniya, Yangi Zelandiya, Kanada, Avstraliya va bir necha boshqa mamlakat xit-paradlarida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan.

„Hello, Goodbye“
The Beatles qoʻshigʻi
B tomon „I Am the Walrus“
Chiqarilgan sanasi 24-noyabr, 1967-yil(1967-11-24)
Yozib olingan 2-okyabr – 2-noyabar 1967
Studiya EMI, London
Janr Pop,[1] psixodeliya[2]
Davomiyligi 3:27
Leybl
Matn muallif(lar)i Lennon–McCartney
Prodyuser(lar) George Martin
The Beatles singllari xronologiyasi
„All You Need Is Love“
(1967)
Hello, Goodbye
(1967)
„Lady Madonna“
(1968)
Promo film
„Hello, Goodbye“ YouTubeda

McCartney keyinchalik qoʻshiq soʻzi asosida qarama-qarshi soʻzlar yotishini aytgan. Guruh yordamichisi Alistair Taylor unga qoʻshiq yozish haqida bergan savoliga javoban McCartney fisgarmoniya yoniga oʻtirib, Taylordan aytgan soʻzining aksini aytishni soʻragan va shu asnoda qoʻshiqni yaratgan. Qoʻshiqning yakuniy versiyasida koda mavjud boʻlib, uni 1967-yilning oktyabrida kechgan qoʻshiqni yozib olish jarayoni davomida guruh aʼzolari improvizatsiya qilib yaratishgan. Qoʻshiqdan qoniqmagan Lennon dastlab „I Am the Walrus“ qoʻshigʻini singlining A-tomoniga qoʻyishni taklif qilgan, ammo istar-istamas „Hello, Goodbye“ qoʻshigʻini asosiy tomonga yozish tijoriy jihatdan mantiqli boʻlishini tan olgan. „The Beatles“ qoʻshiq uchun uch promo film olgan. Filmlardan biri Amerikada „The Ed Sullivan Show“ dasturi davomida namoyish qilingan. Britaniya telekanallarining fonogramma bilan ijro etish boʻyicha cheklovlari tufayli kliplarning birortasi ham mamlakatda namoyish qilinmagan

„Hello, Goodbye“ qoʻshigʻiga taqrizchilar turlicha baho berib keladi. Ayrim tanqidchilar taronaning klassik pop jihatlarini olqishlasa, boshqalar „Beatles“ qarichi bilan oʻlchaganda qoʻshiq yetarlicha ilgʻor emas va oz taʼsirga ega, deb hisoblashadi. Qoʻshiq „Magical Mystery Tour“ saundtrek albomining AQSh uchun moʻljallangan versiyasiga hamda keyinchalik „1967–1970“ va „1“ albomlariga kiritilgan. McCartney „Driving World Tour“ (2002) gastrolidan boshlab qoʻshiqni oʻz konsertlarida ijro etib keladi. Qoʻshiqni bugunga qadar bir necha xonanda va guruh, jumladan, James Last, Bud Shank, Allen Toussaint, „The Cure“ guruhi hamda „Glee“ seriali aktyorlari kaver qilgan.

Manbalar

tahrir

Snoskalar

tahrir
  1. Spignesi & Lewis 2009, s. 234.
  2. Carr & Tyler 1978, s. 69.

Adabiyotlar

tahrir

Havolalar

tahrir