Bosh menuni ochish

Henri Matisse (talaffuzi: Anri Matiss; 31 dekabr, 18693 noyabr, 1954) – oʻzining ajoyib ranglar va koʻrinishlar orqali hissiyotlarini uzata olishi bilan mashhur fransuz rassomi. Rassom va haykaltarosh sifatida Matisse yigirmanchi asrning eng buyuk kishilaridan biri.

Henri Matisse
Portrait of Henri Matisse 1933 May 20.jpg
Haqiqiy ismiHenri Matisse
Tavalludi 31-dekabr 1869-yil(1869-12-31)
Le Cateau-Cambrésis, Nord-Pas-de-Calais
Vafoti 3-noyabr 1954-yil(1954-11-03)
(84 yoshda)
Nays, Fransiya
Millati Fransuz
Sohasi rassomlik, haykaltaroshlik
Oqim Fovizm, Modernizm
Mashhur suratlari Qizil rangdagi monandlik, 1908

MATISS (Matisse) Anri Emil Be-nua (1869.31.12, Lekato, Pikardiya — 1954.3.11, Simyez, Nitssa yaqinida) — fransuz rassomi va haykaltaroshi; fovizmnmng yirik namoyandasi. Parijdagi Jyulian akademiyasida (1891 yildan), Bezak sanʼati maktabi (1893 yildan) va Nafis sanʼat maktabi (1895—99)da taʼlim olgan. Sharqsanʼ-atidan ilhomlangan; ayniqsa, Kamoliddin Behzod miniatyura maktabita mansub miniatyura asarlari uning ijodiga katta taʼsir koʻrsatgan. M. ijodida hayot shavqi, quvonch baxsh etadigan narsalar anik, kompozitsiya va sof ranglarda tasvirlanadi: "Qizilxona" (1908), "Raqs", "Musiqa" (1910), "Rassomning ustaxonasi", "Qizil baliqchalar" (1911), "Musiqa darsi" (1916—17), "Chigʻanoqli natyurmort" (1940) va boshqa M. 1900-yillardan haykaltaroshlik bilan shugʻullandi; grafik rassom sifatida gravyura, litografiya, ofort asarlari yaratdi ("Mavzu va variatsiyalar", 1941 va boshqalar), 1940 yillarda koʻproq rangli qogʻoz bilan applikatsiya usulida asarlar ishladi ("Jaz" turkumi, 1944—47 va boshqalar).[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil