MUASSAN (Moissan) Anri (1852.28.9 - Parij — 1907.20.2) — fransuz kimyogari. Parij Fanlar akademiyasi aʼzosi (1891), Parij Oliy farmatsevtika maktabi (1887-1900), Parij universiteti professor (1900-yildan). Ilk bor erkin holdagi ftorni olib (1886), uning va birikmalarining xossalarini oʻrgangan. Elektr yoyi yordamida ishlaydigan pech kashf qilib, unda kalsiy karbid (1892), kaliy karbid va natriy karbid (1894), elektrotermik usulda molibden (1895), volfram (1897) va boshqa olgan. Nobel mukofoti laureati (1906).[1]

Henri Moissan

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil