Henrik Pontoppidan (1857.24.7, Frederisiya — 1943.21.8, Kopengagen) — daniyalik yozuvchi. Kopengagen politexnika institutini tugatgan (1874—77). Taniqli tarixchi va munaqqid Georg Brandesdan koʻp narsa oʻrgangan va uni eng yaxshi romani — "Jannatmonand yer" (1891 — 95)dagi bosh qahramon prototipi qilib olgan. 1881-yil "Hayot tugadi" hikoyasi haftanomada, "Qirqilgan qanotlar" novellalar toʻplami esa alohida kitob holida chiqqan. Keyinroq "Qishloq hayoti manzaralari" (1883), "Kulbalar ichida" (1887) hikoyalar toʻplamlarini eʼlon qilgan. Yozuvchining keyingi yirik asari — 8 j.li "Omadli Pyer" 1898 — 1904-yillarda nashr etilgan. P.ning 5 j.li soʻnggi romani "Oʻliklar saltanati" (1912— 16)da bosh qahramon yoʻq, unda personajlar koʻp, keng ijtimoiy panorama tasvirlangan, asar markazida turgan radikal siyosatchi uyqudagi xalqni uygʻotishga uringan. "Oʻzlikka olib keladigan yoʻlda" (1943) avtobiografik ocherklar toʻplami ham bor. Nobel mukofoti laureati (1977).[3]

Henrik Pontoppidan
Tavalludi 24-iyul 1857[1]
Vafoti 21-avgust 1943[2][1]
Ijod qilgan tillari Dan tili[1]
Fuqaroligi Daniya

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 (unspecified title)
  2. // (unspecified title)
  3. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil