Herbert von Karajan
Herbert von Karajan (1908.5.4 — Zalsburg — 1989.16.7) — avstriyalik dirijyor. Birinchi konsertni pianinochi sifatida 11 yoshida bergan, dirijyorlik faoliyatini 1927-yilda boshlagan. Berlin davlat kapellasi (1941—1944), Berlin filarmonik orkestri (1954—1989), Vena davlat operasi (1956—1964), Zalsburg musiqali teatr festival (1957—60 va 1964—1988)larini boshqargan. London filarmonik orkestri (1947), Zalsburg pasxa festivali (1967)ning asoschisi. Dirijyorlik uslubida har bir kompozitor asarining nota matniga batamom boʻysundirish, musiqa shaklini toʻlaligicha his etish, yorqin joʻshqinlik va ajoyib taʼsirchanlikka erishgan. 1969-yildan Berlinda har-yili Karajan nomidagi xalqaro dirijyorlar va yoshlar simfonik orkestrlari tanlovi oʻtkaziladi. Venada Karajan jamgʻarmasi (1986-yildan) hamda Karajan markazi (1995-yildan) faoliyat koʻrsatadi.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |