Hercules Mikelanjelo
„Gerkules“ („Theseus“ — nomi bilan ham mashhur) (italyancha: Ercole) — Mashur haykaltarosh Mikelanjeloning yoʻqotgan marmar haykali. Haykaltarosh uni 1492-1493-yillarda yasagan.
Haykal haqida maʼlumot
tahrirVasarining taʼkidlashicha, Mikelanjelo Buyuk Lorenzo vafotidan keyin marmar toshdan „Gerkules“ haykalini oʻyib ishlagan. U oʻzi yasagan ushbu haykalga „ajoyib narsa“ deya taʼrif bergan[1].
Maʼlumki, haykalni Strozzilar oilasi Florensiyadagi Strozzi saroyiga oʻrnatish uchun sotib oladi (1506-yil). 1529-yilda Filippo Strozzi uni Jovanni Battista della Pallaga (italyancha: Giovanni Battista della Palla) sovgʻa qiladi. U esa, oʻz navbatida sovgʻani Fransiya qiroli Frensis I ga hadya qilib yuboradi[2].
1594- yil, Genrix IV davrida, „Gerkules“ Fontainebleau bogʻlariga oʻrnatilgan boʻlgan (fransuzcha: Jardin de l'Etang)[3][4]. 1713-yildan boshlab, bogʻlar vayron boʻlgach, Mikelanjeloning ushbu asarining taqdiri haqida hech narsa maʼlum emas[5].
Sanʼatdagi obrazi
tahrirRubensning „Yosh Gerkules“ eskizi (taxminan 1600-1640-yillar) Mikelanjelo haykali haqidagi maʼlumotlar asosida yasalgan.
„Tayoqqa suyanib turgan dev“ koʻrinishidagi „Gerkules“ haykali esa Karel Shulsning „Tosh va ogʻriq“ biografik romanida tilga olinadi[6].
Adabiyotlar
tahrir- Charlz de Tolnay. L’Hercule de Mishel-Ange à Fontainebleau, Gazette des Beaux-arts, 1964-yil sentabr, bet. 125-140(Fransuzcha) )
- Liliane Chatelet-Lange. Mikelanjelos Herkules Fontainebleau, Myunxen, Brukmann, 1972-yil(olm.) )
- Liliane Chatelet-Lange. Noch einmal zu Mikelanjelos Herkules, Pantheon, 35, 1977, S. 14-17(olm.) )
- Pol Joannides. Mikelanjeloning yoʻqolgan Gerkules, Burlington jurnali, 119, 1977, p. 550-554(Inglizcha) )
- Pol Joannides. Qoʻshimcha Mikelanjeloning yoʻqolgan Gerkules, Burlington jurnali, 123, 1981, p. 20-23(Inglizcha) )
Havolalar
tahrir- ↑ Вазари 1970.
- ↑ Symonds 1893.
- ↑ Paul Joannides. „Michelangelo's Lost Hercules“. The Burlington Magazine (Aug. 1977). 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 март 2012.
- ↑ „J. Paul Getty Museum Acquires Francesco Primaticcio Bronze“ (28 жовтня 2011). 2012-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 22 март 2012.
- ↑ Knecht 1984.
- ↑ Шульц 2007.
Manbalar
tahrir- Вазари Д.. Жизнеописания прославленных живописцев, скульпторов и архитекторов. (Ukraincha)
- Микеланджело. Поэзия. Письма. Суждения современников / сост. В. Н. Гращенков. М.: Искусство, 1983.
- Эрпель Фриц.. Микеланджело / Пер. с нем. Сергея Данильченко. Берлин: Хеншель, 1990. ISBN 3-362-00044-4.
- Шульц К.. Камень и боль: роман. М.: Эксмо, 2007. ISBN 5-699-20485-7.
- Eric Scigliano.. Michelangelo's Mountain: The Quest For Perfection In The Marble Quarries Of Carrara. Simon and Schuster, 2005. (Inglizcha)
- R. J. Knecht.. Francis I, 1984. (Inglizcha)
- John Addington Symonds.. The Life of Michelangelo Buonarroti, 1893. (Wayback Machine saytida 2014-07-18 sanasida arxivlangan)(Inglizcha)
- William Wallace.. The Treasures of Michelangelo. Andre Deutsch, 2010. ISBN 978-0-233-00253-8. (Inglizcha)