Michelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni (6-mart, 147518-fevral, 1564) — italiyalik haykaltarosh, rassom, arxitektor, shoir. Renessans davrining buyuk namoyondalaridan biri.

Mikelanjelo di Lodoviko Buonarroti Simoni

Daniele da Volterra chizgan Michelangeloning portreti
Haqiqiy ismiMichelangelo di Lodovico Buonarroti Simoni
Tavalludi 6-mart, 1475
Toskana, Italiya
Vafoti 18-fevral, 1564
Rim, Italiya
Sohasi haykaltaroshlik, rassomlik, arxitektura, sheʼriyat

Mikelanjelo Buonarroti (Michelangelo Buonarroti) (toʻliq nomi Mikelanjelo di Lodoviko Buonarroti Simoni; 1475.6.3, hozirgi Kapreze—Mikelanjelo, Toskana — 1564. 18.2, Rim) — italyan haykaltaroshi, rassomi, meʼmori va shoir; Uygʻonish davrining buyuk arboblaridan. Rassom M. Girlandayo (1488—96) va haykaltarosh Bertoldo di Jovanni (1489— 90)dan taʼlim olgan. Jotto, Donatello, Mazachcho kabilarning asarlari va qad. haykaltaroshlikni oʻrganishi M. ning ijodiy kamolotiga muhim taʼsir koʻrsatgan. M.ning dastlabki asarlaridayoq uning ijodiga xos asosiy xususiyatlar — mahobatlilik, obrazlar shaklining qudrati va dramatizmi, inson goʻzalligiga ehtirom koʻzga tashlanadi: "Zinapoya oldida turgan Madonna" va "Kentavrlar" relyeflari (ikkalasi ham marmar, taxminan 1490—92). "Vakx" haykali (1496—97, Rim), "Isoga motam" haykallar guruhi (1498— 1501, Rimdagi Avliyo Pyotr ibodatxonasi)da anʼanaviy gotika tasviriga yangi insonparvarlik mazmunini sin-gdirgan. 1501-yilda Florensiyaga qaytgan M. respublika fuqarolarining jasoratini ifodalovchi "David" haykali (1501—04), "Madonna" (1503), "Muqaddas oila" ("Madonna Doni", 1503—05) kartinalarini yaratdi. M. 1505-yildan Rim Papasining iltimosiga koʻra, qabr yodgorligi yaratish ustida ishladi, shular jumlasidan: buyuk joʻshqinlik va irodaga ega boʻlgan titan "Moisey" (1515—16, Rimdagi cherkovda) yodgorlikning markaziy boʻlagiga aylangan; "Isyonkor qul" va "Oʻlayotgan qul" (1513—16, Luvr) asarlarida kuchqudratga toʻliq kishanlarni uzayotgan va zanjirdagi oʻlimiga rozi boʻlgan ikki navqiron qarama-qarshi qoʻyiladi. M. yaratgan asarlaridagi obrazlar yorqinligi bilan qimmatlidir.

1520-yildan M.ning qarashlari fojiali tus ola boshladi. 1534-yilda Rimga butunlay koʻchib oʻtadi. Ijodidagi bu ohanglar Florensiyadagi San-Lorense cherkovida Lorenso va Juliano Medichi qabrlariga ishlagan yodgorliklarida oʻz ifodasini topdi (1520—34). Vafot etgan gersoglar qiyofasida portret xususiyatlari yoʻq, ular faol va samarali hayotni tarannum etuvchi obrazlardir, ularning oyoq tomonlarida tez oqib oʻtayotgan vaqt (kun)ni ifodalovchi 4 ta haykal 2 juft holatida oʻrnatilgan.

Rimdagi Sikst kapellasida "Dahshatli sud" freskasini yaratdi. Umrining oxirigacha oʻzining qabriga oʻrnatiladigan yodgorlik — "Isoga motam" haykallar guruhi ustida ishladi (1555—64), uning loyihasini shogirdlari nihoyasiga yetkazgan.

M. umri ning oxirgi yillarida sheʼriyat va meʼmorlik bilan shugʻullandi. 1546-yildan Rimdagi Avliyo Pyotr So-bori, Kapitoliy maydoni ansambli meʼmorligi ustida ishladi, oʻlimidan soʻng uning loyihasi asosida qurib bitkazilgan. "Sheʼrlar" kitobi vafotidan soʻng dastlab 1623-yilda nashr qilingan. M. gʻoyalari insonparvarlik, xalqchillik, realizmning keyingi rivojiga xizmat qildi. M. ijodi manyerizm taraqqiyotini taʼminlovchi omil boʻldi, ulardan farqli oʻlaroq, M. asarlarida insonga muhabbat va uning ulugʻvorligi hamda goʻzalligiga ishonchni saqlab qola oldi va ifoda eta oldi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil