Heysuke Hironaka
Heysuke Hironaka (yaponcha: 広中 平祐) (1931-yil 9-aprelda tugʻilgan) — yaponiyalik matematik. Hironaka 1949-yilda Kyoto universitetiga oʻqishga kirgan. U Kyoto universitetida magistratura kursini tugatganidan soʻng, 1960-yilda Harvard universitetida Oscar Zariski rahbarligida Ph.D.sini tamomlagan. Hironaka 1970-yilda Fields medali bilan taqdirlangan.
Heisuke Hironaka | |
---|---|
Tavalludi |
9-aprel 1931-yil Yuu-chō, Kuga-Gun, Yamaguchi, Yaponiya (zamonaviy Iwakuni, Yamaguchi, Yaponiya) |
Fuqaroligi | Yaponiya |
Sohasi | Matematik |
Institutlar |
Brandeis universiteti Harvard universiteti Columbia universiteti Kyoto universiteti |
Taʼlimi | Kyoto universiteti, Harvard universiteti |
Akademik rahbarlari | Oscar Zariski |
Mashhur shogirdlari |
Dave Bayer William Haboush Allen Tannenbaum Bernard Teissier |
Mashhur ishlari | Hironaka misoli |
Mukofotlari |
Asahi mukofoti (1967) Fields medali (1970) Madaniyat ordeni (1975) Faxriy legioni (2004) |
Hironaka 1964-yilda algebraik xilma-xillikning yakka nuqtalari 0 xarakteristika maydonida yechimga ega ekanligini isbotlab, shuhrat qozongan. Shuningdek, Hironaka Kähler xilma-xilligi Kähler boʻlmagan deformatsiyasi borligini koʻrsatib bergan.
Hironaka uzoq yillar davomida Harvard universiteti tahsil bergan (1968-1992), ammo hozir Yaponiyada istiqomat qiladi. U Brandeis (1960-1963), Columbia (1964) hamda Kyoto (1975-1988) universitetlarida ham dars bergan. Shuningdek, u Yamaguchi universiteti (1996-2002) prezidenti lavozimida ham ishlagan. Hironaka matematika taʼlimi kabi gʻoyalarni targʻib qilishga ham faol hissa qoʻshib keladi. Uning qizi Eriko Hironaka ham matematik boʻlib, past oʻlchamli topologiya hamda geometrik topologiya sohalarida faoliyat yuritib keladi.