Hideki Tojo
Todzio Xideki (1884.30.12 Tokio — 1948.23.12) — Yaponiyaning bosh harbiy jinoyatchilaridan biri, general. 1915-yildan yapon armiyasida rahbarlik lavozimlarida. 1937—38 yillarda Yaponiyaning Kvantun armiyasi shtabi boshligʻi. 1938—39 yillarda harbiy vazir muovini. 1940-yil iyul — 1941-yil oktyabr daharbiy vazir. 1941-yil oktyabr — 1944-yil iyulda bosh vazir va ayni vaqtda harbiy vazir. Yaponiyaning fashistlar Germaniyasi va Italiya bilan ittifoqining tarafdori boʻlgan. Fashistlar Olmoniyasining SSSRga qarshi urushida faol yordam bergan. 1941-yil Tinch okeanidagi urushning ochilishida katta rol oʻynagan. Uzoq Sharq uchun tashkil etilgan Xalqaro harbiy tribunalning qaroriga koʻra, qatl etilgan.[1]
Manbalar
tahrir