Hidoya madrasasi (1991—2015-yillarda Mulla Qirgʻiz madrasasi) – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oʻrta-maxsus islom bilim yurti. Namangan shahrida joylashgan.

Madrasa
Hidoya madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Namangan viloyati
Shahar Namangan shahri
Manzil Indira Gandi koʻchasi 1-uy
Maktab yoʻnalishi sunniy
Asosiy sana:
Holati oʻrta-maxsus islom bilim yurti
Sayt Rasmiy sayt

Madrasa 1991-yilda Mulla Qirgʻiz madrasasida qayta tashkil topgan. 1998-yil Namangan shahar hokimining qarori va Oʻzbekiston musulmonlari idorasi roziligi bilan bilim yurti Atoulloxon toʻra masjidi binosiga koʻchirilgan. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining tashabbusi va 2015-yil 5-dekabrdagi buyrugʻiga asosan nomi Hidoyaga oʻzgartirilgan. 2016-yilda bilim yurti Namangan shahri Oromgoh dahasining Indira Gandi koʻchasi, 1-uyda joylashgan sobiq „Faxriylar uyi“ binosiga koʻchirilgan.

Havolalar

tahrir