Hidoyat Inoyatov
Inoyatov Hidoyat (1913yil Toshkent — 1938-yil 5-oktyabr) — Oʻzbekistonda jismoniy tarbiya va sport tashkilotchisi. Yoshlar hamda mudofaaga koʻmaklashuvchi tashkilotlarda ishladi. Parashyut va planer sporti toʻgaraklari, sport shaharchalari tashkil etdi. Oʻzbek futbolchilarini ilk bor xalqaro miqyosga olib chiqdi. 1935-yil Turkiyaga oʻrtoklik uchrashuvlari oʻtkazish uchun borgan futbol jamoasiga rahbarlik qildi. Respublika jismoniy tarbiya va sport qoʻmitasi raisi muovini (1938). I. ta-shabbusi bilan armiyaga chaqiriluvchi yoshlar oʻrtasida velosipedda yurish (velomarafon) uyushtirildi. 1935-yil 12 maydan — 14 iyulgacha davom etgan bu yurishda 5 kishi (Hidoyat Inoyatov, Yuzef Eyningis, Abduvahob Ibrohi-mov, Abdurahim Xoʻjayev, Vasiliy Sha-lyakin) Toshkent—Jizzax—Samarqand— Buxoro—Chorjoʻy—Termiz—Du-shanba—Oʻsh—Andijon —Xoʻjand — Toshkent yoʻnalishini bosib oʻtdi. Ikki haftadan soʻng shu velomarafonchilar Toshkent—Orenburg—Kuybishev—Penza—Ryazan—Moskva yoʻnalishiga otlanadilar (30 iyul — 13 sent.). Besh oy mobaynida jami 7000 km yoʻl bosib oʻtdilar. Bu tengsiz marafon Oʻzbekistonda velosiped sportining ommalashishiga sabab boʻldi. I. Moskvada oʻtka-zilgan Fizkulturachilar kunida Stalinga suiqasd qilmoqchi boʻlgan, deb ayblanadi va otib tashlanadi. Vafotidan soʻng oqlandi (1958). Toshkentdagi 18-bolalar va oʻsmirlar sport maktabiga I. nomi berilgan. Namangan viloyati yoʻllari boʻylab yosh velosipedchilarning I. nomidagi xalqaro turniri oʻtkaziladi.
Axbor Imomxoʻjayev.[1]
Manbalar
tahrir
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |