Higgs bozoni
Higgs bozoni zarrachalar fizikasi Standart Modelidagi massiv skalar elementar zarrachadir. Peter Higgs sharafiga shunday nomlangan. Higgs bozoni Higgs maydoni kvantidir; u massasiz zarrachalarning qanday qilib materiya massasini hosil qilishini izohlab berishi mumkinligi faraz qilinmoqda. Higgs bozonini topish va aniqlash uchun 2010-yil boshlarida ishga tushirilgan Katta adron kollayderi (Large Hadron Collider, LHC) yordamida tajribalar oʻtkazilmoqda.

LHC CMS zarracha detektori uchun modellangan simulatsiya misoli. Bu yerda ikki proton toʻqnashuvi natijasida Higgs bozoni hosil boʻlib, u oʻz navbatida ikkita adron va elektronlar juftiga parchalanadi.
2012-yil 4-iyulida CERN „Higgs bozoniga oʻxshash“ zarracha topilganini koʻrsatish uchun zaruriy „besh sigma“ darajasidagi dalil borligini tasdiqladi.[1][2]
ManbalarTahrirlash
- ↑ „CERN experiments observe particle consistent with long-sought Higgs boson“. CERN (4-iyul 2012-yil). 5-iyul 2012-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 4-iyul 2012-yil.
- ↑ The Moment: CERN Scientist Announces Higgs Boson 'God Particle' Discovery, YouTube
HavolalarTahrirlash
| |
Fermionlar: Kvarklar: Yuqori · quyi · Gʻalati · Mahliyo · Ost · Ust | Leptonlar: Elektron · Muon · Tau · Neytrinolar | |
Bozonlar: Kalibrli bozonlar: Foton · W va Z bozonlari · Gluon | |
Hali kuzatilmagan zarrachalar: Higgs bozoni | Graviton | Boshqa gipotetik zarrachalar |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |