Hikaru Nakamura
Christopher Hikaru Nakamura[1] (1987-yil 9-dekabrda tugʻilgan) – amerikalik shaxmat grossmeysteri, YouTuber, shaxmat boʻyicha besh karra AQSh chempioni. Nakamura 15 yoshida grossmeyster unvoniga sazovor boʻlgan. Oʻsha paytdagi eng yosh amerikalik grossmeyster edi. Reytingning eng yuqori koʻrsatkichi 2816 ga teng boʻlgan tarixdagi oʻninchi oʻyinchi hisoblanadi.
Hikaru Nakamura | |
---|---|
2016-yilgi 42-shaxmat olimpiadasi chempioni | |
Tavalludi |
Christopher Hikaru Nakamura 9-dekabr 1987-yil Hirakata, Osaka Prefecture, Japan |
Fuqaroligi |
|
Kasbi |
|
Faoliyat yillari | 1998-yildan buyon |
Nakamura Amerika Qoʻshma Shtatlarini sharafini beshta shaxmat Olimpiadasida himoya qiladi. Jamoaviy hisobda bir oltin va ikkita bronza medalini qoʻlga kiritdi. 2014-yil may oyida FIDE shaxmat boʻyicha tezkor va blits shaxmat boʻyicha rasmiy reytinglarni eʼlon qila boshlaydi. Nakamura ikkala roʻyxatda ham dunyoda 1-oʻrinni egalladi[2]. Shundan buyon reytingning eng yuqori qismini egallab kelmoqda[3][4].
Bolaligi va ilk faoliyati
tahrirNakamura Yaponiyaning Osaka prefekturasining Xirakata shahrida dunyoga kelgan. Onasi Kerolin Merrou Nakamura amerikalik klassik musiqachi va davlat maktabi sobiq oʻqituvchisi. Otasi Shuichi Nakamura Yaponiyada tugʻilgan[5]. Nakamuraning Asuka ismli akasi bor[6]. U ikki yoshga toʻlganda uning oilasi AQShga koʻchdi. Bir yildan soʻng, 1990-yilda ota-onasi ajrashishdi[7]. Nakamura yetti yoshida shaxmat oʻynashni boshlagan. Unga shri-Lankalik FIDE ustasi va shaxmatchi Sunil Weeramantri murabbiylik qilgan[8].
Nakamura 10 yoshida Marshall shaxmat klubida Jey Boninni magʻlub etadi. Shu tariqa xalqaro shaxmat ustasini magʻlub etgan eng yosh amerikalik shaxmatchi boʻldi[9][10]. Shuningdek, 10 yoshida Nakamura Qoʻshma Shtatlar shaxmat federatsiyasining shaxmat ustasi unvoniga sazovor boʻlgan eng yosh oʻyinchi boʻlib, ilgari Vinay Bxat oʻrnatgan rekordni yangiladi. (Nakamuraning rekordi 2008 yilda Nikolas Nip 9 yoshu 11 oyligida usta unvoniga erishgunga qadar davom etdi.) 1999 yilda Nakamura har yili 13 yoshgacha boʻlgan USCF reytingidagi eng yaxshi oʻyinchiga beriladigan Laura Aspis mukofotini qoʻlga kiritdi. 2003-yilda 15 yoshu 79 kunligida Nakamura shaxmat vunderkindisifatida jahonda tanildi. Shu paytdagi grossmeyster unvonini qoʻlga kiritgan eng yosh amerikalik boʻldi. Bobby Fischerning rekordini uch oyga yangiladi[11][12].
Manbalar
tahrir- ↑ Memorandum in Support of Defendant Christopher Hikaru Nakamuraʼs Motion to Dismiss, United States District Court for the Eastern District of Missouri, December 7, 2022
- ↑ „FIDE Publishes Rapid and Blitz Rating Lists. Nakamura Heads Both“. Chess-News. Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
- ↑ „FIDE rating list comparison“.
- ↑ „FIDE Publishes Rapid and Blitz Rating Lists. Nakamura Heads Both“. Chess-News. Qaraldi: 2014-yil 14-iyun.
- ↑ Jeff Pearlman. „Only 14, Hikaru Nakamura is the best young U.S. player - 12.17.01 - SI Vault“. Sportsillustrated.cnn.com (2001-yil 17-dekabr). 2013-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-fevral.
- ↑ West, Debra. „Pawns With King-Size Dreams; Boy, 10, Is Youngest Master, Vaulting Past His Brother“ (en-US). The New York Times (1998-yil 11-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
- ↑ Kelsey Whipple. „Hikaru Nakamura is the next Bobby Fischer - and the reason St. Louis is suddenly the epicenter of American chess - - News - St. Louis“. Riverfront Times (2011-yil 21-iyul). 2015-yil 29-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 2-fevral.
- ↑ Leland, John. „The New York Gambit“. The New York Times (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
- ↑ West, Debra. „Pawns With King-Size Dreams; Boy, 10, Is Youngest Master, Vaulting Past His Brother“ (en-US). The New York Times (1998-yil 11-aprel). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
- ↑ „Hikaru Nakamura vs. Jay R Bonin“. Chessgames.com. Qaraldi: 2020-yil 29-iyul.
- ↑ Bishara. „Checkmate! Forty Questions with Hikaru Nakamura“. CNN (2015-yil 24-avgust). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.
- ↑ „Chess Champ Hikaru Nakamura: Next Bobby Fischer?“. NPR.org (2012-yil 11-may). Qaraldi: 2020-yil 30-iyun.