Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich (oʻzbekcha: Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович, 1954-yil 18-iyun, Toshkent, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonning harbiy arboblaridan biri, sobiq Mudofaa vaziri (1997-2000). General-polkovnik.

Tursunov Hikmatilla Qoʻchqorovich
Турсунов Ҳикматилла Қўчқорович
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri
Mansab davri
1997-yil – 2000-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Rustam Ahmedov (general)
Vorisi Yuriy Agzamov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-iyun 1954-yil (1954-06-18) (70 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR, SSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Siyosiy partiyasi Oʻzbekiston Xalq Demokratik partiyasi

Biografiyasi

tahrir

Maʼlumoti — oliy, 1977-yilda Toshkent oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtini va 1989-yilda Moskva bronetank qoʻshinlari akademiyasini bitirgan. 1991-yilgacha SSSR Mudofaa vazirligi qoʻshinlarida faoliyat yuritgan[1]. 1991 — 1997-yillarda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi tizimida turli rahbarlik lavozimlarida ishlagan. 1997-yil 29-sentabrda Prezident Islom Karimov uni Mudofaa vaziri etib tayinlagan. 2000-yil 20-fevralda isteʼfoga ketgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Biografiya | Labirint.ru
  2. Biografiya | Centrasia.ru, 2017-04-29da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-09-07