Nikotin

Eng xarom oʻz domiga tortuvchi narsa nikotindir
(Hikotihdan yoʻnaltirildi)

Nikotin, C|0H14N2 — alkaloid, oʻziga xos hidli, moysimon, uchuvchan, rangsiz suyuklik. Qaynash temperaturasi 247°, havo taʼsirida qoʻngʻir tusga kiradi. Suvda va organik erituvchilarda yaxshi eriy-di, kuchli asos. Tamaki va baʼzi boshqa oʻsimliklar tarkibida boʻladi. Ilk bor Yevropaga tamakini fransuz diploman-ti J. Niko (shu sababli oʻsimlik Nicotiana tabacum, alkaloidi nicotine deb nomlangan) olib kelgan (1560). N. 1828-yilda oʻsimlikdan ajratib olingan, 1904-yilda esa shveysariyalik kimyogar A. Pikte sintez yoʻli bilan olgan. N. kuchli zahar, uning bir necha tomchisi (200 g tamakidagi 100–200 mg miqdori) kishini oʻldirishi mumkin. Odam N.dan zaharlanganda koʻngli ayniydi, ko'ngil aynishi, ichi ketadi, nerv sis-temasi, nafas va yurak faoliyatining buzilishi kabi salbiy oqibatlar ke-lib chiqadi. N. sulfatning 40%li suvdagi eritmasi va tamakining suvdagi ekstrakti qishloq xoʻjaligida insektitsid sifatida qoʻllanadi. Sanoatda N.dan nikotin kislota olinadi.[1]

Manbalar

tahrir
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil