Hindiston birinchi jahon urushi davrida
Angliyani Germaniya bilan 1914 yilning avgustida urush e’lon qilinishi Hindistondagi voqealarning rivojiga ulkan ta’siri o‘tkazdi. Hindiston avtomatik tarzda metropoliya va uning ittifoqdoshlari tomonida urushga jalb etildi.
Harbiy harakatlar bevosita Hindistonga tegishli bo‘lmagan bo‘lsada, jahon urushi uning rivojiga ulkan ta’sirini o‘tkazdi. Hindiston asosiy front ortidagi hudud bo‘ldi, unga tayangan Angliya imperialistik urushda ishtirok etdi.
Inglizlarning harbiy siyosatini hind pomeshchik va burjuaziyasi faol qo‘llab-quvvatladi, urush ularga ulkan moddiy foyda keltirar edi. Bundan tashqari, Britaniya imperializmining harbiy sa’y-harakatlarini qo‘llagan hind burjuaziyasi undan ma’lum siyosiy va iqtisodiy imtiyozlarga erishishni nazarda tutar edi.
Milliy burjuaziyaning hamkorligi ingliz hukumatiga imperialistik urushda Hindistonning inson va moddiy resurslarini mobilizatsiyasi va keng qo‘llanilishini osonlashtirdi. Ba’zi bir hududlarda oiladagi mehnatga layoqatli barcha erkaklarni armiyaga olib ketishdi. Hindiston askarlari Yevropa, Osiyo va Afrikaning ko‘plab frontlarida jang qildilar. Ingliz hukumati hind ishchilarini mobilizatsiya qildilar, ular Fransiyaga, ingliz qo‘shinlari egallab olgan Iroqning turli hududlari va boshqa mamlakatlarga harbiy ishga yuborildilar. O‘zi och bo‘lgan Hindiston Osiyo va Afrikadagi ingliz armiyalarini don bilan ta’minladi. Frontlarda harakatda bo‘lgan barcha hind qo‘shinlari Hidiston aholisi hisobiga moliyalashtirildi va jang qildi.
Urush yillarida siyosiy repressiya va Britaniya mustamlaka hukumatining terrori kuchaydi. 1915 yilda “Hindiston mudofaasi haqidagi qonun” e’lon qilnib, amalga kiritildi, bu qonun hukumatga cheklanmagan polisiya vakolatlarini berdi. Natijada minglab odamlar sud va tergovsiz qamoqqa olindilar.
Urush hind sanoatining rivojiga yangi turtki berdi, hind fabriakantlari oyoq kiyim, harbiy forma, turli materiallarni yetkazib berishga buyurtmalar oldilar. Ingliz mustamlaka hukumati hind burjuaziyasiga ma’lum imtiyozlarni berdi. 1915 yilda Hindistonga olib kiriladigan barcha tovarlarga 5%li boj kiritildi. 1917 yilda esa paxta matolariga boj 7,5%gacha ko‘tarildi. Britaniya imperializmining harbiy strategik manfaatlari, Hindiston Angliyadan ma’lum davrda uzilib qolishiga bo‘lgan xavf-xatarlar Britan hokimiyatini Hindistonda sanoatni ma’lum darajada rivojlanishiga ko‘maklashishga majbur qildi. Biritaniya hukumatining iqtisodiy siyosatiga urush yillarida Hindiston bozorida kuchaygan xorijiy, avvalambor, Yaponiya raqobati ham o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Urush davrda to‘qimachilik sanoati ayniqsa o‘sdi, kanop hamda yengil va oziq-ovqat sanoatining boshqa sohalarining mahsuloti ko‘paydi, og‘ir sanoatning ba’zi jabhalarida ham o‘sish kuzatildi, yirik buyurtma va davlat subsidiyalarini olgan TATA metalga ishlov berish zavodlari ahamiyatli darajada kengaydi. Bundan tashqari, Bengaliya temir yasovchi va stal kompaniyasi zavodlari kengaydi, yangi metallurgiya korxonalari paydo bo‘ldi.
Ammo hindiston xali ham sanoat borasida xaddan ziyod qoloq mamlakat edi, u mashinasozligi va og‘ir sanoatning boshqa muhim sohalariga ega emas edi. Avvalgidek, Hindiston iqtisodi, uning sanoatida urush yillarida o‘z kapital qo‘yilmalarini ahamiyatli darajada oshirgan Britaniya kapitali hukumron edi.
SHu bilan birga hind burjuaziyasi ham iqtisodiy jihatdan ham mustahkamlandi va rivojlandi. Hind aksioner kompaniyalarining to‘langan kapitallari urush davrida 500 mln rupiyadan 5,6 rupiyagacha ko‘paydi.
Milliy sanoatni ma’lum darajada o‘sishi ishlab chiqarish va kapitalni konsentratsiyasi va markazlashuvi bilan kuchayishi bilan kuzatildi. Ingliz monopoliya va yirik hind burjuaziyasi ulkan daromadlarni olib urush hisobidan boyidilar. TATA kampaniyasining daromadlari 4 barobarga oshdi, Bombeyning to‘qimachilik fabrikalari 120%, ba’zilari esa 250% ulushi miqyosida dividend to‘lar edilar.
Hind sanoati rivojlanishining muhim oqibati ishchi sinfning o‘sishi edi. Sanoatdagi ishchilarning soni shu jumladan, temiryo‘l va tog‘ konchilarning soni urushning ohiriga kelib 2,5-2,6 mln.ni tashkil qilar edi. 1906-1908 yillardagi inqilob voqealari davrida ilk bora jangga kirgan Hindiston ishchi sinfi ahamiyatli kuchga aylandi.
Urush Hindiston xalq ommalariga behisob talofat va azoblarni olib keldi. Mamlakatdagi siyosiy harakat tobora keskinlashdi, harbiy davrning qonunlariga qaramasdan, 1915-1916 yillardayoq xalq ommalarining bir qator chiqishlari kuzatildi. Kichik burjua terroristik tashkilotlar qurollangan isyonni ko‘tarishga harakat qildilar. Panjobda “Gadr” deb nomlangan noqonuniy inqilobiy tashkilot mavjud edi, hind zobitlarining vatanda va uning chegara ortidagi isyonlar tobora ko‘paydi. 1916 yilda Singapurda ingliz-hind qo‘shinlarining brigadasi isyon ko‘tardi, Panjobagi sigh qismlarida ham turli noroziliklar bo‘ldi.
Mamlakatdagi siyosiy ahvolga hind milliy burjuaziya va ingdiz imperializmi o‘rtasidagi ziddiyatlarning kuchayishi ham o‘z ta’sirini qildi. Iqtisodiy jihatdan mustahkamlangan milliy burjuaziya siyosiy jihatdan birlashishga intildi. U o‘z partiyasi bo‘lgan Hindiston milliy kongressni mustahkamlaydi. Keng ommalarda Hindistonning milliy mustaqilligi talabini qo‘yilishini tashviqotiga muhim ahamiyat bergan Tilak hind gomruli ligasini tashkil qiladi. Xuddi shu nom ostida Hindiston va Angliyaning mashhur jamoa arbobi ingliz ayoli Anni Bezant tashkil qilgan tashkilot ham faoliyat yuritgan. A. Bezant boshqargan hind gomruli ligasi Tilak ligasidan ko‘ra hind gomruli shioriga mo‘’tadil mazmun kasb etar edi. U nafaqat Hindistonda, balki Angliyada ham tashviqot olib borar edi. Bunda A.Bezant vatanparvarlarning talabini qondirib va Hindistonga gomrulni taqdim etib, Angliya mazkur hududda o‘z ta’sirini saqlab qoladi deb hisoblagan.
1916 yilda Lakxnauda bir paytning o‘zida Tilak va uning tarafdorlari qaytib kelgan Hindiston Milliy kongressi va Musulmon ligasining s’ezdi bo‘lib o‘tdi. Alohida majlis qilgan ikkita s’ezd bir xil talablarni olg‘a surdi: Hindistonga keng o‘zi-o‘zi boshqarish huquqini darhol berish, hindlarni armiyadagi, bojxona tizimidagi moliya ustidan nazorat tizimida mas’ul rahbar lavozimlarga hindistonliklarni tayinlash talabi bilan chiqdilar.
Urush davrida hind jamiyatining turli qatlamlarida Hindistonning buyuk siyosiy arbobi Moxandas Karamchand Gandi katta nufuzga ega bo‘ldi. U Hindiston mustaqilligi uchun zo‘ravon bo‘lmagan uslublar bilan kurashishga da’vat etdi.
Ingliz hukumati Hindistonni eski uslublar bilan bo‘ysundirishga qiynaldi, yangi uslublarni qo‘llashga majbur bo‘ldi. 1917 yilning avgustida ingliz hukumati Hindiston ishlari bo‘yicha vazir Monte Gyuning deklaratsiyasini nashr etdi. Bunda Hindistonga Britaniyaga dominionlarining konstitutsiyalari namunasi kabi konstitutsiya va’da berildi. Bayonotda islohotlar Britaniya parlamenti belgilagan muddat mobaynida islohotlar asta-sekin amalga oshirilishi ko‘rsatildi. Bu bayonot ma’lum paytga hind burjuaziyasini tinchlantirdi.
Ammo xalq ommalarining noroziligi tobora oshib bordi. Bombey to‘qimachilari 1917 yilda yirik iqtisodiy zabastovkani o‘tkazdilar, dehqonlar noroziligi va chiqishlari ko‘paydi.
Mustamlakachilar Hindistonda o‘zlarini tinch va mustahkammiz deb sezish paytlari o‘tmishga o‘tib ketdi.
Аdabiyot
tahrir- Bartorp, Maykl. Afg'on urushlari va shimoli-g'arbiy chegara 1839-1947. - Kassel, 2002. - ISBN 0304362948.
- Baura. Janubiy Osiyodagi urush holati. - Nebraska universiteti matbuoti, 2005. - ISBN 0803213441.
- Bridjer, Jeoff. Buyuk urush qo'llanma. - Barnsley: Qalam va qilich, 2009. - ISBN 978 1 84415 936 9.
- Chappell, Mayk. Birinchi jahon urushidagi Britaniya armiyasi: G'arbiy front 1914-16. - Osprey nashriyoti, 2003. - ISBN 1841763993.
- Chappell, Mayk. Birinchi jahon urushidagi Britaniya armiyasi: Sharqiy frontlar Birinchi jahon urushidagi Britaniya armiyasining 3-jild. - Osprey nashriyoti, 2005. - ISBN 1841764019.
- Devis, Pol K. Tugaydi va anglatadi: Britaniya Mesopotamiya kampaniyasi va komissiyasi. - Associated University Press, 1994. - ISBN 083863530X.
- Ford, Rojer. Adandan Armageddongacha: Yaqin Sharqdagi Birinchi jahon urushi. - London: Weidenfeld va Nikolson, 2009. - ISBN 9780297844815.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |