Hindiston yirik asalarisi (Apis Dorzata)

Hindiston yirik asalarisi (Apis Dorzata) Hindistonda keng tarqalgan boʻlib, ishchi arilari tanasining uzunligi 18mm, erkak arisiniki esa 16mmga yetadi. Ona arilar tanasining kattaligi ishchi arilarnikiga oʻxshash boʻlib, ular daraxt daraxt shoxlarida tepadan pastga qarab tik tushgan uzunligi 2m, kengligi 0,6m keladigan bitta katta ikki yoqlama mumkatak in yasaydilar va bunday inchalarda 4–10 kg gacha asal yigʻiladi. Bu asalarilar xoʻjalik ahamiyatiga ega emas, chunki odamlar tashlab ketgan asalari inlarini qidirib topib, asal oladilar.