Hishom ibn al-Kalbiy

Arab tarixchisi

Hishom ibn al-Kalbiy (arab. هشام بن الكلبي)– milodiy 737 – 819 yillarda yashab o‘tgan arab tarixchisi. Ibn al-Kalbiy (إبن الكلبي) nomi bilan ham tanilgan. Uning toʻliq ismi Abu al-Munzir Hishom ibn Muhammad ibn as-Soib ibn Bishr al-Kalbiy edi.

Hishom ibn al-Kalbiy ..
Tavalludi 737
Vafoti 819
Fuqaroligi Abbosiylar
Millati arab
Sohasi arab tarixchisi
Mashhur ishlari

Butlar kitobi (Kitob al-Asnom)

Nasabalar to‘plami (Jamharat al-Ansob)

Hayoti va ilmiy faoliyati tahrir

U Kufada tug‘ilgan, umrining ko‘p qismini Bag‘dodda o‘tkazgan. U otasi singari qadimgi arablarning nasabnomalari va tarixi haqida ma’lumotlar to‘plagan. Fixrist kitobida yozilishicha, u 140 ta asar yozgan. Ibn al-Kalbiyning arablarning nasl-nasabi haqidagi ma’lumotlari “Kitob al-Agʻoniy”da ko‘p zikr qilingan.

Ibn al-Kalbiy Ismoil (a.s.) bilan Muhammad (s.a.v.) o‘rtasidagi nasabnomani tuzib chiqqan va barcha arablar Ismoil naslidan degan g‘oyani ilgari surgan [1]. U asosan arablarning qadimiy og‘zaki ijodiga tayangan, biroq Bibliya va Palmira manbalariga ega bo‘lgan yozuvchilardan iqtibos keltirgan [1].

1966-yilda Verner Kaskel Ibn al-Kalbiyning “Jamharat an-Nasab” (“Nasabalar to’plami”) asari bo‘yicha “Das genealogische Werk des Hisam ibn Muhammad al Kalbi [2]” nomli ikki jildli tadqiqot amalga oshirgan.

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 a b c ""Arabia" in Ancient History". Centre for Sinai. Retrieved 2009-04-16.. 
  2. Caskel, Werner; Strenziok, Gert (1966). Ǧamharat an-nasab: das genealogische Werk des Hišām Ibn-Muḥammad al-Kalbī. Leiden: Brill.. 

Havolalar tahrir