Hofiz qoʻngʻirot madrasasi — Buxoro madrasasi. Hozirgi kunda madrasa saqlanib qolmagan. Hofiz Qoʻngʻirot madrasasi 1910-yilda Hofiz qoʻngʻirot guzarida[1], Buxoro amirligida hukmronlik qilgan Amir Abdulahadxon davrida, Abdurahmon valadi Qozixon tomonidan tashkil etilgan. Tadqiqotchi olim Abdusattor Jumanazarov ushbu madrasaga oid bir qator vaqf hujjatlarini oʻrgangan boʻlib, madrasa bilan bogʻliq maʼlumotlar keltirgan. Madrasa gʻarbida koʻcha, shimolida Poyi ostona hammomi, sharqida gʻoʻlax hovlisi, janubida esa mulla Muhammad Nazar mufti madrasasi mavjud boʻlgan. Madrasadan oldin ushbu joy qarovsiz boʻlgan. Voqif ushbu joyni 40 ming tangaga sotib olgan va madrasaga aylantirgan. Hofiz Qoʻngʻirot madrasasi uchun Abdurahmon valadi Qozixon Choʻqmoq mavzesidagi 200 tanob yer va Soʻzangaron guzarida joylashgan Navi oliy rastasidagi 7 ta doʻkonni vaqf qiladi. Madrasa hujralarida ikki nafar talaba tahsil olgan va darsxonasi ham mavjud boʻlgan. Madrasa vaqf hujjati sadr rais Mir Burhoniddin ibn qozi ul-quzzot Mir Badriddin muhri bilan tasdiqlangan. Hofiz Qoʻngʻirot madrasasi faoliyatiga oid yana 3 ta vaqf hujjati saqlanib qolgan. Ushbu madrasada XIX asr oxirida mulla Imomiddin dars bergan. Vaqf hujjatida madrasa tarbiyalanuvchilari mulla Abduvahhob va Fathullohning nomlari keltirilgan[2]. Sadri Ziyo Hofiz Qoʻngʻirot madrasasida 8 ta hujralar boʻlganligini yozib qoldirgan. Hofiz Qoʻngʻirot madrasasi yongʻinda kuyib ketgan[3]. Hofiz Qoʻngʻirot madrasasi 21 ta hujradan iborat boʻlgan. Ushbu madrasa Oʻrta Osiyo meʼmorchiligi uslubida bunyod etilgan. Madrasa pishiq gʻisht, yogʻoch, tosh va ganchdan qurilgan.

Madrasa
Hofiz Qoʻngʻirot madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Buxoro viloyati
Shahar Buxoro
Maktab yoʻnalishi sunniy
Mulkdor Abdurahmon valadi Qozixon
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Abdurahmon valadi Qozixon
Asosiy sana:
1910-yil
Holati Saqlanib qolmagan
Hujralar soni 21 ta
Qurilish materiali Pishiq gʻisht


Manbalar tahrir

  1. Rahmatova S, Qurbonov H. Buxoro guzarlari tarixidan lavhalar. Buxoro: Buxoro nashriyoti, 1995 — 144 bet. 
  2. Abdusattor Jumanazar. Buxoro taʼlim tizimi tarixi. Toshkent: Akademnashr, 2017 — 592 bet. 
  3. Muhammad Ali Baljuvoniy. Tarixi Nofeyi (Foydali tarix). Toshkent: Akademiya nashriyoti, 2001 — 122 bet.