Hogwarts Afsungarlik maktabi (ing. Hogwarts School of Witchcraft and Wizardry) – „Garri Potter“ olamidagi Xalqaro afsungarlik maktabi. Transfiguratsiya (bir buyumning boshqa buyumga aylanishi) fani oʻqituvchisi Minerva McGonagallning soʻzlariga koʻra, Hogwartarts 10 asr oldin oʻz davrining eng buyuk afsungarlari: Godrik Griffindor, Salazar Slizerin, Helga Hufflepuff, Rovena Reyvenklolar tomonidan tashkil etilgan. Maktabdagi fakultetlar ularning sharafiga nomlangan. Asoschilarning maqsadi – afsungarlik qobiliyati boʻlgan bolalarni oʻqitish va tarbiyalash boʻlgan. Bunday bolalar butun Buyuk Britaniyadan yigʻib olingan.

Xogvarts maktabi
Turi Afsungarlik maktabi
Shiori
  • lotincha: Draco dormiens nunquam titillandus
  • („Hech qachon uyqudagi Ajdarhoni qitiqlamang“)[1]
Maqsadi Afsungarlik qobiliyati bor bolalarni oʻqitish va shugʻullantirish[2]
Ishga tushgan sanasi X asr
Asoschi(lar)i Salazar Slizerin, Rovena Reyvenklo, Godrik Griffindor, Helga Hafflpuff
Direktori Albus Dumbledore (1—5, 6-kitoblar)
Dolores Ambridge (5-kitob)
Severus Snape (7-kitob)
Minerva MсGonagall (7-kitob)
Bosh kotib Minerva MсGonagall (1—5, 6-kitoblar)
Til(lar)i Ingliz tili

Hogwarts – Buyuk Britaniyadagi yagona afsungarlik maktabi. U yerda taʼlim 11 yoshdan boshlanib, 7-yil davom etadi. Har oʻquv yilining soʻngida talabalar oʻtish imtihonini topshirishadi, ulardan eng muhimlari: 5-kurs va 7-kurs soʻngidagi „BOYQUSH“ va „BAQA“ imtihonlari. Hogwarts maktabidagi talabalar soni noaniq, u yerga Buyuk Britaniyadagi barcha sehrgar bolalar qabul qilinadi.

Maktabni direktor va direktor kotibi boshqarishadi. Voqealar boshlanishida maktab direktori – Albus Dumbledore, uning kotibi esa – Minerva McGonagall boʻladi. Maktab direktori 12 kishidan iborat Vasiylik Kengashiga hisobot topshiraadi.

Maktabda taʼlim olish bepul, ammo darsliklar va maktab ashyolari sotib olinadi. Bundan tashqari kam taʼminlangan talabalar uchun darslik va ashyolar xaridi uchun maxsus fond mavjud.

Maktab joylashuvi va umumiy maʼlumotlar

tahrir

J. K. Rowling intervyulardan birida Hogwartsga shunday taʼrif bergan: „Hogwarts bahaybat, tartibsiz qurilgan, yetarlicha qoʻrqinchli koʻrinishdagi qasr. Wisleylar xonadoni singari, bu joyni ham Maggllar qurmagan, chunki u afsun bilan qurilgan“[3].

Ikkinchi kitobda tasvirlanishicha Garri va Ron sehrli mashina bilan maktabga uchayotganida qatʼiy ravishda Shimol tomonga harakatlanishgan. Demak, Hogwarts Londondan Shimolda joylashgan. Boshqa bir intervyuga koʻra, Hogwarts Shotlandiyaning qaysidir qismida joylashgan[4][5].

Qasr togʻlar bilan oʻralgan va koʻplab afsunlar sababli odamlarga koʻrinmaydi, ularga faqat vayronalar va „Keep Out“ („Xavfli“) yozuvi tushirilgan doska koʻrinadi[6]. Hogwarts hududida qasrdan tashqari, koʻl, Akromanrullar (bahaybat oʻrgimchak) va Kentavrlar kabi xavfli jonzodlar yashaydigan Taqiqlangan Oʻrmon, issiqxonalar, boyqushlar ini, oʻrmonchi uyi va „Quidditch“ oʻyini uchun maydon mavjud. Qasrda umumiy 142ta zina mavjud [7][8]. Bundan tashqari qasrning ichki qismida, bir-birinikiga mehmonga boruvchi personaajlarning portretlari ilingan. Qasrdagi baʼzi eshiklar, ularning maʼlum qismiga tegilsagina ochiladi, boshqalari – ulardan muloyim iltimos qilinsa, yana baʼzilari esa yolgʻon eshiklar, ularning ortida devor bor[9].

Maktab hududida elektron buyumlar ishlamaydi [10], „Garri Potter va Alanga Kubogi“ kitobida, Hermione Grangerning tushuntirishicha, buning sababi – maktab hududidagi yuqori darajadagi afsunda. Lekin maktabda elektr tokining oʻrniga, afsun bilan ishlaydigan, Afsungarlar radiosi mavjud. Bundan tashqari professor Sliznort, boʻsh vaqtlarida, oʻz kabinetida grammofon tinglaydi.

Hogwartsga eng yaqin aholi punkti – butun Buyuk Britaiyadagi yagona hisoblangan, faqat afsungarlar istiqomat qiluvchi, Hogsmid qishlogʻi. Bundan tashqari, maktabga eng yaqin temiryoʻl stansiyasi ham „Hogsmid“ deb nomlangan. Oʻquv yili boshida, talabalar „Hogwarts Express“ poyezdi bilan, aynan shu yerga kelib tushishadi. Kitoblar boʻyicha filmlarni suratga olish uchun J. K. Rowling xarita chizib bergan. Unga koʻra, stansiya maktabdan janubi-sharqda, Hogsmid qishogʻi esa – shimoli-gʻarbda joylashgan.

Hogwartsning oʻz madhiyasi ham bor, „Garri Potter va Falsafa Toshi“dagi 7-boʻlimda („Taqsimlovchi Shlypa“) bu madhiya yangraydi.

J. K. Rowling intervyularining birida, Hogwarts talabalari 1000 ga yaqin degan[11], boshqa intervyusida esa, ularni 600 ga yaqin deb hisoblashini aytib oʻtgan[12].

Romanda keltirilishicha, dunyo boʻylab Hogwartsga analogik maktablar ham mavjud. Misol uchun, Fransiyadagi „Sharmbaton“ va joylashuvi keltirilmagan „Durmstrang“. Rowling intervyuda, „Durmstrang“ Norvegiyaning qaysidir qismida joylashganini aytib oʻtgan. Toʻrtinchi kitobda, Germiona doʻstlaariga, „Durmstrang“ Shimoliy hududda boʻlishi mumkinligini aytadi. Sababi, zarur buyumlar roʻyhatiga yungli issiq kiyimlar ham kiritilgan. Bundan tashqari, Salem Jodugarlari Instituti ham keltriladi. Matndan bu institut aynan afsungarlik maktabi ekanligi maʼlum emas, lekin Rowling buni tasdiqlagan. Shuningdek 4-kitobda Braziliyadagi afsungarlik maktabi ham tasvirlab oʻtilgan. Yana „Garri Potter va Feniks Ordeni“da Nymphadora Tonks Qorongʻu Kuchlarga Qarshi Kurashish Akademiyasini bitirgani aytilgan.

Hogwartsdagi sehrli pat har bir yangi tugʻilgan afsungarlarning ismini uzun qogʻoz oʻramiga yozib oladi[13]. Har yili bu oʻram oʻqib chiqiladi va 11 yoshdagi va 1-sentyabrgacha 11 yoshga toʻladigan bolalarga Taklif Xatlari yuboriladi. Taklif Xatini qabul qilish majburiy emas, baʼzi ota-onalar uy-taʼlimini tanlashadi. Taklif Xati 31-iyulgacha qabul qilinishi, yoki rad etilishi shart. Boʻlajak talaba maggllar xonadonida oʻsgan taqdirda, Howgarts ishchilaridan biri ushbu xonadonga yuboriladi va talabaning ota onasi, yoki vasiysi bilan, kelgusi taʼlim toʻgʻrisida gaplashib olib, bolaga darslik va ashyolarni xarid qilishiga yordam beradi (Masalan, Garri Potter uyiga Hagrid tashrif buyuradi).

Xat bilan birga bolalarga darsliklar, forma va maktab ashyolarining roʻyhati yuboriladi. Birinchi kitobda roʻyhatga:

  • 8 ta darslik;
  • 3 ta qalin ish mantiyasi (qora);
  • Har kunlik bitta oddiy, uchli shlyapa (qora);
  • Bir juft himoya qoʻlqoplari (ajdarho terisidan, yoki shunga oʻxshash materialdan qilingan);
  • Bitta qishki koʻylag (qora, kumush tugmali);
  • 1 ta sehrli tayoqcha;
  • 1 ta qozon (qalay, standart oʻlcham № 2);
  • 1 ta shishali yoki xrustal idishlar toʻplami;
  • 1 ta teleskop;
  • 1 ta misli tarozi;

Talabalar oʻzlari bilan boyoʻgʻli, mushuk, yoki qurbaqa olib kelishlari mumkin. Birinchi kurs talabalari oʻzlari bilan supurgi olib kelishlari mumkin emas.

Bularning barchasini Diagon xiyobonida, yashirin koʻchadan sotib olish mumkin, uning kirish eshigi „Leaky Cauldron“ barining orqa hovlisida joylashgan (Maggllar barni koʻra olmaydi).

Hech bir kitobda bolalar 11 yoshgacha sanoq, oʻqish va yozishni oʻrganishi, yoki yoʻqligi haqida maʼlumot mavjud emas. Oʻquvchilar odatda kitob va maktab jihozlarini oʻzlari sotib oladilar. Oltinchi kitobda kam taʼminlangan oʻquvchilar uchun darsliklar va oʻquv jihozlari sotib olish uchun maxsus fond haqida aytib oʻtiladi.

Hogwartsga yoʻl

tahrir
 
Hogwarts katta zali – pavilliondagi film dekoratsiyalari
 
Hogwartsdagi Katta Zal syomkalari olingan, Oxfordning Christ Church kolledjining Ovqatlanish xonasi

Talabalar uchun Hogwartsga yetib olish uchun eng maqbul yoʻl – Kings-Cross Temiryoʻl vokzalining 9¾ platformasidan 1-sentabr kuni 11:00 da joʻnab ketuvchi Hogwarts Express poyezdi. Platformaga 9 va 10 platformalarini ajratib turuvchi toʻsiq orasidan oʻtish mumkin (bunda maggllar afsungarlar qanday qilib toʻsiq oldida gʻoyib boʻlganlarini koʻrmasliklari zarur). Poyezd kuni bilan yurib, kechqurun Hogsmid qishlogʻiga yetib keladi. Bu yerdan mas`ul xodim talabalarni maktabga boshlab boradi.

Qasrga yoʻl

tahrir

Hogsmid qasrga yetib olish uchun, anʼanaga koʻra, birinchi kurs talabalari, qasrning goʻzal koʻrinishini beruvchi, Qora koʻldan kichik qayiqlarda suzib oʻtishadi. Katta kurs talabalari esa, karetalarda yetib olishadi. Hogwarts hududida butalardan yaralgan gʻayritabiiy yashil devorlar oʻsgan.

Fakultetlar

tahrir

Hogwarts oʻz asoschilari sharafiga nomlangan 4 ta fakultetdan iborat:

Har bir fakultet oʻz ramzi, ranglari va arvohiga ega. Oʻquv yili davomida fakultetlar oʻzaro maktab kubogi uchun bellashishadi, bunda har bir fakultet maʼlum miqdorda ball toʻplashadi, yoki yoʻqotishadi. Har bitta fakultetning oʻz „Quidditch“ jamoasi boʻladi, bu sport ham ball toʻplash va kubokni qoʻlga kiritishda ahamiyatga ega. Bu bellashuvlar fakultetlar oʻrtasidagi raqiblik hissini uygʻotadi. Fakultet boshqaruvi, shu fakultetni tamomlagan dekanning qoʻlida. Fakultet dekani muhim axborotlarni talabalarga yetkazish, shu fakultet talabalarini jiddiy hatti-harakatlari uchun jazolash va avariya holatlariga munosib turib berishga javobgar boʻlishadi. Fakultetlar oʻz yotoqxonasi va Mehmonxona (Umumiy xona)siga ega. Baʼzi istisnolardan tashqari, fakultetlarning yotoqxona va mehmonxonalari boshqa talabalarga man etilgan va portret, topishmoq javobini talab etuvchi devorlar, ritm bilan eshikni taqillatish va parol bilan himoyalangan[14]. Oʻgʻil bolalar qizlar xonasiga kira olmaydi, kirishga harakat qilishsa esa, zina sirpanchiq boʻlib qoladi va talaba pastga yiqilib tushadi. Qizlar esa oʻgʻillar xonasiga kirishida qarshiliklar koʻrsatilmaydi. Bu qoidalarni asoschilar, qizlarni ancha tartibliroq, deb hisoblab kiritishgan.

Fakultetlarga taqsimlash

tahrir

Hogwartsning birinchi yillarida asoschilarning oʻzlari talaba tanlashgan. Keyinchalik, talabalar qabulidagi haqqoniylikdan havotir olgan Godrik Griffindor, asoschilar oʻlimidan oldin oʻz shlyapasini yechadi va unga barcha asoschilar oʻz bilimlarini joylashadi. Shundan buyon talabalarni Taqsimlovchi Shlyapa tanlaydi. Tanlashda asoschilarning prinsiplaridan foydalaniladi.

Taqsimlash talabalar 1-kursligida darslar boshlanishidan oldin sodir boʻladi. Taqsimlash jarayonida talaba shlyapani boshiga taqadi va u javobni, yaʼni talaba qabul qilinadigan fakultet nomini aytadi. Bunda shlyapa talabaning qobiliyatlaridan kelib chiqib fakultetlarga qabul qiladi: jasoratli talabalarni u Griffindorga, eng bilimlilarni – Ravenclawga, qatʼiyatli va adolatli talabalarni – Hufflepuffga, ayyorlarni (Voldemort oʻlimigacha asosan oqsuyaklarni) esa, Slizeringa yuboradi.

Agar Shlyapa taqsimlashda qiynalsa, bu holatda u talabaning xohishini ham eʼtiborga olishi mumkin. Harry Potter ham taqsimlash jarayonida oʻziga oʻzi: „Faqat Slizerin emas!“, – deb qaytaradi, va shlyapa „Griffindor!“ deb baqirib yuboradi[15].

Albus Dumbledorening Harry Potterga aytishicha, Shlyapaning qarori talabaning tugʻma qobiliyatlaridan emas, balki uning tanloviga bogʻliq boʻladi.

Shlyapaning qarori hamma tomonidan bir xil, hurmat bilan qabul qilinadi, norozilik qabul qilinmaydi va bu qaror qatʼiy boʻladi. Biror bir talabaning bir fakultetdan boshqaasiga koʻchgani, fakultetga qabul qilinganidan norozilik holati, yoki biror talabaning bir nechta fakultetda tahsil olgani maʼlum emas.

Voldemort Hogwarts uchun kurash davomida shlyapani yoqib yuboradi, lekin shlyapa oʻz holicha qoladi.


Manbalar

tahrir
  1. Haas, Heather A. (15 April 2011). "The Wisdom of Wizards-and Muggles and Squibs: Proverb Use in the World of Harry Potter". The Journal of American Folklore 124 (492): 29–54. doi:10.5406/jamerfolk.124.492.0029. 
  2. „Online chat transcript“. Scholastic (2000-yil 3-fevral). 2001-yil 13-aprelda asl nusxadan arxivlangan.
  3. „Online chat transcript“. Scholastic (2000-yil 3-fevral).
  4. "Hogwarts … Logically it had to be set in a secluded place, and pretty soon I settled on Scotland in my mind." Fraser, L., An interview with J. K. Rowling, Mammoth, London, 2000. ISBN 0-7497-4394-8. pp 20-21.
  5. „Happy ending, and that's for beginners“. The Herald via AccioQuote! (1997-yil 24-iyun). Qaraldi: 2007-yil 5-oktyabr.
  6. "Garri Potter va Alanga Kubogi", 11-boʻlim
  7. "Bili lestnitsi, kotorie v pyatnitsu privodili Garri sovsem ne tuda, kuda veli v chetverg" – „Garri Potter i filosofskiy kamen“, glava 8, str. 165—166
  8. „How do you remember everything from different books when you are still writing the HP series?“ (en) (deadlink). www.jkrowling.com. 2012-yil 5-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr. from JKRowling.com.
  9. "Garri Potter i filosofskiy kamen", glava 8, str. 166
  10. Garri Potter i Kubok ognya, gl. 28
  11. „2000: Accio Quote!, the largest archive of J.K. Rowling interviews on the web“. www.accio-quote.org. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr.
  12. „2005: Accio Quote!, the largest archive of J.K. Rowling interviews on the web“. www.accio-quote.org. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr.
  13. „2000: Accio Quote!, the largest archive of J.K. Rowling interviews on the web“. www.accio-quote.org.
  14. „Hufflepuff spoilers“ (deadlink). lady-slytherin-forever.tumblr.com. 2016-yil 11-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 28-noyabr.
  15. Rowling, Joan. Garri Potter va Falsafa Toshi. Rosmen.