Joanna Ketlin (Jo) Rowling ingliz bolalar yozuvchisidir. U 1965-yilning 31-iyulida Yeit shahrida tavallud topgan. U oʻzining yetti kitobdan iborat Garri Potter romanlari bilan mashhurdir. Bu yetti asar unga 1 milliard dollar foyda keltirgan. U romanlar toʻplamining birinchi qismini 1997-yilda nashrdan chiqartirgan. Ushbu kitobning barcha qismlari butun dunyo boʻylab juda mashhurdir. Rowling asosiy yetti qismli romanlaridan tashqari oʻsha kitoblarga ilova tarzida yana toʻrtta kitob nashr ettirgan. Oxirgi kitob 2016-yil 31-iyulda Garri Potter va Laʼnatlangan Bola nomi bilan nashrdan chiqarildi. Ushbu kitob teatrlar uchun sahna asari: dramatik uslubda yozilgan boʻlib ikki qismdan tashkil topadi. Shokir Dolimov bir necha yildan buyon asar qismlarini shaxsiy ravishda tarjima qilib, oʻz blogida oʻquvchilarga taqdim etib kelmoqda. Bugungi kungacha yettita qism ham tarjimalari nihoyasiga yetkazilib, o'quvchilar e'tiboriga havola etilgan[2][3].

Joanne Ketlin Rowling
Tavalludi 31-iyul 1965-yil (1965-07-31) (58 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik[1]
Otasi Peter James Rowling
Onasi Anne Rowling

Manbalar tahrir

  1. (unspecified title)
  2. OʻzME
  3. O'zbekcha tarjimalari, 2019-04-21da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-01