Hoji Heybat masjidi
Hoji Heybat masjidi (ozarbayjoncha: Hacı Heybət məscidi) – XVIII asrga oid tarixiy masjid, Icheri-sheherning bir qismi boʻlib, Ozarbayjonning Boku shahri Kichik Gala koʻchasida joylashgan.
Masjid | |
Mamlakat | Ozarbayjon |
Boku | Icheri-sheher |
Koordinatalar | 40°22′02″N 49°50′00″E / 40.3672088°N 49.833346°E |
Yoʻnalishi | Shirvon-Absheron arxitektura maktabi |
Meʼmoriy uslub | Islom meʼmorchiligi |
Meʼmor | Hoji Haybat Amir Ali oʻgʻli |
Holati | amaldagi |
Hoji Heybat masjidi Vikiomborda |
Tarixi
tahrirHoji Heybat masjidi 1791-yilda (hijriy 1206) meʼmor Hoji Haybat Amir Ali oʻgʻli tomonidan qurilgan[1].
Arxitekturaviy xususiyatlari
tahrirHoji Heybat kichik masjidlardan boʻlib, bir qator mahallalar orasida joylashgan. Qurilish rejasiga koʻra masjid toʻrtburchak shaklda boʻlib, binoning ichki qismida toʻrtburchak shakldagi vestibyul, xizmat koʻrsatish xonasi va namoz oʻqiydigan alohida xona mavjud.
Masjid arxitekturaviy jihatdan mahalliy uslubda qurilgan boʻlib, tosh gumbazlar va qirrali ravoqlardan tashkil topgan. Binoning kirish qismi nisbatan soddaroq koʻrinishda boʻlib, aynan shu yerda Qur’on mavzulariga bagʻishlangan toj, epigrafik yozuvlar hamda yodgorlik meʼmori haqidagi maʼlumotlarga guvoh boʻlish mumkin. Masjidning ichki qismidagi burchaklardan biriga yodgorlik meʼmori va uning rafiqasi qabri joylashtirilgan[2].
Galereya
tahrirMasjidning turli tomondan koʻrinishi
Manbalar
tahrir- ↑ „Hacı Heybət məscidi“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-mart.
- ↑ „Hacı Heybət məscidi“ (az). icherisheher.gov.az. 2018-yil 28-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 14-mart.