Hojiakbar Rahmonqulov
Hojiakbar Rahmonqulov (kir. Ҳожиакбар Раҳмонқулов; 9-fevral, 1925, Chimkent viloyati Sayram tumani — 17-iyul, 2013) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), Oʻzbekistonda xizmat ko'rsatgan fan arbobi (1990). Yuridik fanlari doktori (1970), Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Toshkent yuridik institutini tugatgan (1950). Oʻzbekiston Adliya vazirligi boshqarmasida katta taftishchi (1950-51, 1956-57). Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq institutida aspirant, kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, shoʻʼba, boʻlim mudiri (1957—80, 1985—91), direktor (1991—97). Samarqand Davlat Universiteti kafedra mudiri (1980—85). Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida masʼul xodim (1991). Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasida professor, 1999-yildan Toshkent yuridik institutida kafedra mudiri. „Jasorat“ medali bilan mukofotlangan (1994).
Hojiakbar Rahmonqulov | |
---|---|
Tavalludi |
9-fevral 1925-yil Sayram tumani, Chimkent viloyati |
Vafoti |
17-iyul 2013-yil (88 yoshda) |
Istiqomat joylari |
OʻzSSR Oʻzbekiston |
Sohasi | Huquqshunoslik |
Taʼlimi | Toshkent yuridik instituti |
Mukofotlari | Jasorat medali (1968) |
Adabiyotlar
tahrir- Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1-qismiga umumiy tavsif va sharxlar, Toshkent, 1997.
- Oldisotdi shartnomasi, Toshkent, 2000.
- Xususiy mulk va uning daxlsizligi, Toshkent, 2000.
- Xalqaro xususiy huquq (darslik; hammualliflikda), Toshkent, 2002.
Manbalar
tahrir- ↑ „Академик Ҳожи-Акбар Раҳмонқулов“. OʻzA (2013-yil 17-iyul). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
- ↑ „Академик Ҳожиакбар Раҳмонқулов вафот этди“. Kun.uz (2013-yil 17-iyul). 2013-yil 23-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 25-iyul.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |