Hokimlar kelishuvi
Hokimlar Kelishuvi[1] Yevropa Ittifoqi tomonidan ilgari surilgan asosiy tashabbus bo’lib, unda mahalliy va mintaqaviy hokimiyat organlarining ishtirok etishi ko’zda tutiladi, ular o’z ixtiyorlari bilan o’z hududlarida quvvatlardan foydalanishning samaradorligini va qayta tiklanuvchi quvvat manbalaridan foydalanishni oshirish majburiyatini oladilar. O’z intilishlari bilan Kelishuvni imzolovchilar 2020-yilga kelib CO2 chiqindilari miqdorini kamida 20% ga kamaytirishga erishishni, shu yo’l bilan yashil iqtisodiy rivojlanish va yaxshilangan yashash darajasiga o’z hissalarini qo’shishni maqsad qiladilar.
Hokimlar Kelishuvi dastlab Yevropa Komissiyasi tomonidan 2008-yilda mahalliy hokimiyatlar tomonidan Yevropa Ittifoqining iqlim va quvvatlar bo’yicha maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo’lida avj oldirgan harakatlarni ma’qullash va qo’llab-quvvatlash uchun ishga tushirilgan edi. Argentina yoki Yangi Zelandiya kabi uzoqda joylashgan mamlakatlardan yangi imzolovchilar qo’shilishi bilan uning yondashuvi va usuli keyinchalik Yevropa Ittifoqi chegaralari doirasidan tashqarida ham aks-sado bera boshladi.
O’zining o’ziga xos belgisi – mahalliy, mintaqaviy va milliy ishtirokchilarni quvvatlar va iqlimga oid maqsadlarni bajarish atrofida safarbar qiluvchi o’ziga xos yagona harakar bo’lgani uchun Hokimlar Kelishuvi Yevropa Ittifoqi Tashkilotlari tomonidan favqulodda ko’p bosqichli boshqaruv modeli sifatida ta’riflanadi.
Hokimlar Kelishuvini Imzolovchilar
tahrirKichik qishloqlardan tortib Kiev, London, Parij yoki Tibilisi kabi katta shaharlargacha bo’lgan barcha hajmlardagi mahalliy hokimiyatlar Hokimlar Kelishuvini Imzolovchilar sifatida ro’yxatdan o’tish huquqiga egadirlar.
Mahalliy hokimiyatlar iqlim o’zgarishlari ta’sirlarini kamaytirishda muhim rol o’ynaydilar, chunki quvvat iste’moli va CO2 chiqindilarining 80% shaharlardagi faoliyatlar bilan bog’liqdir. O’zlarining milliy hukumatlari tomonidan qo’llab-quvvatlangan hollarda mahalliy hokimiyatlar yana fuqarolarning hulq-atvorlarini o’zgartirish va iqlim hamda quvvatlarga oid masalalarni har tomonlama, ayniqsa davlat va xususiy shaxslarning manfaatlarini muqobillashtirish va barqaror quvvatlar masalalarini umumiy mahalliy rivojlanish maqsadlariga birlashtirish orqali hal qilish uchun eng maqbul holatdadirlar.
Hokimlar Kelishuviga qo’shilish mahalliy hokimiyatlar uchun o’z fuqarolariga ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan barqaror muhitni ta’minlash, o’z hududlarida ishga tushirilgan CO2 chiqindilarini qisqartirish bo’yicha harakatlarni kuchaytirish va Yevropa va xalqaro tashkilotlarning ko’magi, tan olishi va eng yaxshi tajribalaridan manfaatlanish imkoniyatini beradi.
Rasmiy chora-tadbrilar
tahrirHokimlar Kelishuvining ko’lami shunchaki maqsadlarni bayon qilishdan anchagina kengroqdir. Haqiqatda ham o’zlarining oldiga o’zlari qo’ygan quvvatlar va CO2 chiqindilarini kamaytirish bo’yicha ulkan maqsadlarni amalga oshirish uchun imzolovchilar ma’lum qadamlarni bajarishlari va o’z harakatlari bo’yicha hisobot berish va monitoring ostida bo’lish shartini qabul qilishlari kerak. Avvaldan belgilangan vaqt oraliqlarida ular rasman quyidagilarni bajarishga kirishishlari kerak:
- Boshlang’ich chiqindilar ro’yxatini tayyorlash, mahalliy barqaror quvvatlar siyosatini ishlab chiqish va qabul qilish;
- Mos ma’muriy tuzilmalarni yaratish, jumladan kerakli harakatlarni bajarish orqali siyosatni amalga oshirish uchun yetarli inson resurslarini ajratish;
- Hokimlar Kelishuvi tashabbusiga rasman qo’shilgan yildan keyingi yil davomida Barqaror Quvvatlar Harakat rejasini taqdim etsih va CO2 chiqindilarini 2020 yilga borib tanlangan boshlang’ich yildagi chiqish darajalariga nisbatan kamida 20% kamayishiga olib boruvchi aniq chora-tadbirlarni ko’rish;
- Amalga oshirishning borishi to’g’risidagi hisobotlarini o’zlarining Barqaror Quvvatlar Harakar rejasini topshirganlaridan keyin hech bo’lmasa ikki yilda bir marta baholash, monitoring qilish va tekshirish maqsadlarida taqdim etish
O’zlarining quvvatlarni boshqarish imkoniyatlarini yaratish va Barqaror Quvvatlar Harakat Reajalarini ishlab chiqishda mahalliy manfaatdor tomonlarni safarbar qilishdan iborat muhim shartga amal qilish uchun imzolovchilar yana quyidagilarni bajarishga kirishishlari kerak:
- Boshqa mahalliy hokimiyatlar bilan tajriba nou-haularni baham ko’ring.
- Fuqarolarning barqaror rivojlanish va quvvatlardan samarali foydalanish to’g’risidagi xabardorligini oshirish uchun Mahalliy Quvvatlar kunlarini tashkillashtiring.
- Hokimlar Kelishuvining yillik marosimi, mavzuli seminarlar va muhokama guruhlarining yig’ilishlarida qatnashish yoki hissalarini qo’shish;
- Kelishuv xabarini mos forumlarga tarqatish va ayniqsa boshqa hokimlarni Kelishuvga qo’shilish uchun rag’batlantirish.
Barqaror Quvvatlar Harakat Rejalari
tahrirQuvvatlar va iqlimga oid ulkan maqsadlarga yetish va o’tish uchun Hokimlar Kelishuvini imzolovchilar tashabbusga qo’shilganlaridan keyingi bir yil ichida Barqaror Quvvatlar Harakat Rejasini (BQHR) ishlab chiqish majburiyatini oladilar. Shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan ushbu harakat rejasi o’zlarining majburiyatlarini bajarishlari uchun imzolovchilar tomonidan avvaldan rejalashtirilgan faoliyatlar va tadbirlarni tegishli vaqt oraliqlari va belgilangan mas’uliyatlar bilan bayon qilib beradi.
Turli texnik va uslubiy jihatdan ko’maklashuvchi materiallar (jumladan, “BQHR yo’riqnomasi” va mavjud uslublar va vositalar bo’yicha andoza, hisobotlar va boshq.) butun BQHR ni ishlab chiqish jarayoni bo’yicha amaliy ko’rsatmalar va aniq tavsiyalar beradi. Mahalliy hokimiyatlarning amaliy tajribalariga asoslangan va Yevropa Komissiyasining Qo’shma Tadqiqot Markazi bilan yaqin hamkorlikda ishlab chiqilgan ushbu majmua Kelishuvni imzolovchilarni asosiy tamoyillar va aniq qadamba-qadam yondashuv bilan ta’minlaydi. Barcha hujjatlarni www.eumayors.eu web-sayt kutubxonasidan ko’chirib olish mumkin.
Muvofiqlashtirish va qo’llab-quvvatlash
tahrirKelishuv Koordinatorlari va Qo’llab-quvvatlovchilari
tahrirKelishuvni Imzolovchilar Boshlang’ich Chiqindilar Ro’yxatini tayyorlash, mahalliy barqaror quvvatlar siyosatini ishlab chiqish, Barqaror Quvvatlar Harakat Rejasi loyihasini ishlab chiqish, unda bayon qilingan harakatlarni moliyalashtirish va uning natijalarini monitoring qilish uchun har doim ham mos imkoniyatlarga (tashkiliy tuzilma, malakali xodimlar, jamg’armalar, ma’lumotlar bazalari, statistik ma’lumotlar, uslubiyatlar, vositalar va boshqa resurslar) ega bo’lavermaydilar. Shuning uchun milliy hukumatlar, viloyatlar, mintaqalar, shaharlarning tarmoqlari va guruhlari hamda moliyaviy donorlar imzolovchilarga o’z majburiyatlarini bajarishlariga yordam berishda muhim rol o’ynashlari kerak.
Kelishuv Koordinatorlari imzolovchilarga strategik yo’l-yo’riq beruvchi hamda ularning Barqaror Quvvatlar Harakat Rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda moliyaviy va texnik yordam ko’rsatuvchi turli hukumat darajalaridagi (milliy, mintaqaviy, viloyat) davlat boshqaruv organlaridir. Komissiya Koordinatorlarni, jumladan, mintaqalar, viloyatlar hokimiyatlari yoki mahalliy hokimiyatlarning guruhlari kabi markazlashmagan ma’muriyatlar bo’lgan Hududiy Koordinatorlar va jumladan Milliy Quvvat Agentliklari va mahalliy quvvatlarni rivojlantirishga mas’ul bo’lgan vazirliklarni o’z ichiga oluvchi Milliy Koordinatorlar turlariga ajratadi.
Kelishuvni qo’llab-quvvatlovchilar Hokimlar Kelishuvi tashabbusini ilgari surish va uni imzolovchilarning majburiyatlarini bajarishda o’zlarining moliyaviy, aloqa va tarmoq faoliyatlaridan foydalanuvchi xalqaro, milliy va mintaqaviy tarmoqlar va mahalliy ma’muriyatlarining uyushmalaridir.
Hokimlar Kelishuvi Ofisi
tahrirBryusseldagi Hokimlar Kelishuvi (HoKO) Bosh Ofisi hamda Lvov va Tbilisi shaharlaridagi Hokimlar Kelishuvi filiallari ofislari (HoKO Sharq) tomonidan Kelishuvni imzolovchilar, Kelishuv Koordinatorlari va Kelishuvni Qo’llab-quvvatlovchilarga kundalik asosda rag’batlantiruvchi, texnik va ma’muriy yordam ko’rsatob boriladi. Har ikkala ofis ham mahalliy, mintaqaviy va milliy ma’muriyatlar vakillari bo’lgan tashkilotlar konsortsiumi tomonidan boshqariladi. Bryusseldagi Hokimlar Kelishuvi Bosh Ofisi tashabbus ustidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Yevropa Ittifoqi tashkilotlari
tahrirImzolovchilarning Barqaror Quvvatlar Harakat rejalarini takomillashtirish va amalga oshirish uchun Yevropa Komissiyasi ayniqsa Hokimlar Kelishuvini imzolovchilarga qaratilgan moliyaviy xizmatlarni rivojantirishga o’z hissasni qo’shdi, ular orasida yirik hajmdagi loyihalar uchun Yevropa Investitsiya Banki bilan hamkorlikda o’rnatilgan Yevropa Mahalliy Quvvatlar Yordami (YeMQYo) xizmati va Yevropaning kichik va o’rtacha shaharlarining barqaror investitsiyalarini safarbar qilish uchun qo’shimcha yondashuvni taklif qiluvchi Germaniyaning KfW Guruhi bilan hamkorlikda tashkil qilingan YeMQYo -KfW mavjud. Tez kunlar ichida ishga tushirilishi kurilayotgan YeMQYo-Sharq xizmati Ukraina, Moldova, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonlik imzolovchilarga shunday yordam ko’rsatadi.
Yevropa Komissiyasi bilan bir qatorda Kelishuv tashabbusi u qabul qilingan vaqtdan beri tashabbusni qo’llab-quvvatlab kelayotgan Mintaqalar Qo’mitasi, Yillik imzolash marosimi o’tkaziladigan Yevropa Parlamenti hamda mahalliy hokimiyat organlariga o’zlarining sarmoyaviy imkoniyatlarini ochib berishga yordam beruvchi Yevropa Investitsiyalar Banki tomonidan to’liq tashkiliy ko’makka ega bo’ladi.
Qo’shma Tadqiqotlar Markazi
tahrirYevropa Komissiyasining Qo’shma Tadqiqotlar Markazi ushbu tashabbusga texnik va ilmiy jihatdan ko’maklashish uchun masuldir. U o’zlarining Hokimlar Kelishuvi bo’yicha majburiyatlarini ado qilishlarida yordam berish hamda amalga oshirish va natijalarni monitoring qilish uchun imzolovchilarni aniq texnik yo’riqnomalar va andozalar bilan ta’minlashda Hokimlar Kelishuvi bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.