Yevropa parlamentiYevropa Ittifoqi muassasalaridan biri. Uni Yevropa Ittifoqiga aʼzo mamlakatlar fuqarolari toʻgʻridan-toʻgʻri saylovlar orqali 5 yil muddatga saylaydi. Bunda davlatlarning aholi soni va Ittifoq, doirasidagi ulushi hisobga olinadi (masalan, Germaniya 99 mandatga, Fransiya, Italiya, Buyuk Britaniya — 87 tadan, Ispaniya — 64 va hakozo mandatga ega). Yevropa parlamentining har oyda boʻladigan sessiyalari Strasbur (Fransiya)da, favqulodda majlislari — Bryussel (Belgiya)da oʻtadi. Bu shaharlarda Yevropa parlamenti qoʻmitalari ishlaydi, kotibiyati — Lyuksemburg shahrida[1].

Strasburgning ichidagi parlamenti

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil