Mahalliy davlat hokimiyati organlari
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Mahalliy davlat hokimiyati organlari (Oʻz) - joylardagi davlat boshqaruv idoralari. Ular mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari hal etadilar, umumdavlat man-faatlarini shu hududda yashab turgan fuqarolarning manfaatlari bilan uy-gʻunlashtiradilar, yagona davlat hokimiyati organlarining tarkibiy boʻgʻini sifatida yuqori davlat organlari qarorlarining amalga oshirilishini taʼminlaydilar. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, uzoq tarixiy tajribaga, milliy anʼanalarga tayangan holda ilgʻor mamlakatlar tajribasidagi ijobiy tomonlarni oʻrganib, oʻz davlat idoralarini tubdan qayta isloh qildi, Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimini yaratdi. Mahalliy hokimiyat tizimini shakllantirish sohasida bir qator qonun va rasmiy hujjatlar qabul qilindi. Ular orasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (1992-yil, 8 dekabr), "Mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisida"gi qonun (1993-yil, 2-sentabr), "Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar kengashlariga saylovlar toʻgʻrisida"gi qonun (1994-yil, 5-may) kabilar mu-him oʻrin egallaydi. OʻzR Konstitu-siyasining 20-bobida Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. faoliyatining konstitutsiyaviy huquqiy asoslari oʻz aksini topgan (99—104moddalar). Mazkur moddalarda Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. tizimi, mavqei, vazifalari, tuzilish tartibi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyilgan. Konstitutsiya mahalliy vakillik organlarining 2 boʻgʻinli tizimi (yaʼni, tuman, shahar xalq deputatlari kengashlari — quyi boʻgʻin; viloyatlar va Toshkent shahri xalq deputatlari kengashlari — yuqori boʻgʻin)ni mustahkamladi va bu mahalliy davlat hokimiyati toʻgʻrisidagi qonunda oʻz ifodasini topdi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o.: qonuniylikni, huquqiy tartibotni va fuqarolarning xavfsizligini taʼminlash, hududlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlantirish; mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yigʻimlar belgilash, byudjetdan tashqari jamgʻarmalarni hosil qilish; mahalliy kommunal xoʻjalikka rahbarlik qilish; atrof-muhitni muhofaza qilish; fuqarolik holati aktlarini qayd etishni taʼminlash; normativ hujjatlarni qabul qilish hamda OʻzR Konsti-tutsiyasi va qonunlariga zid kelmaydigan boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. OʻzR qonunlari, Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga oshiradi, xalq deputatlari quyi kengashlari faoliyatiga rahbarlik qiladi, respublika va mahalliy hokimiyatga molik masalalarni muhokama qilishda qatnashadi.
Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. 2 ga boʻlinadi: mahalliy vakillik organlari va mahalliy ijroiya organlari. Mahalliy vakillik organlari oʻz faoliyatini kollegi-allik asosida olib boradi. Mahalliy kengash ishining asosiy tashkiliyhuquqiy shakli sessiya hisoblanadi. Mahalliy vakillik organlarining hamma boʻgʻinlari saylov yoʻli bilan tashkil qilinadi. Qonun vakillik organlariga har tomonlama bilimga, tajribaga ega, keng , mustaqil fikrlovchi shaxslarning saylanishini va bu organlar ishchan boʻlishini nazarda tutadi. 1994-yil 25 dekabrda va 1999-yil 5 dekabrda Oʻzbekistondagi mahalliy hokimiyat organlariga saylovlar oʻtkazildi. M a halliy ijroiya organlari — hokimiyatlarga viloyat, tuman va shahar hokimlari boshchilik qiladi va u yakkaboshchilik prinsipi asosida ish olib boradi. Hokimiyatlar boshqarmalar, boʻlimlar va boʻlinmalardan iborat boʻlib, ularning tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyati OʻzRning Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan tegishli nizomlar bilan belgilanadi. Viloyatlar va Toshkent shahri ijroiya hokimiyati organlarining tuzilishi va shtatlari hokim tomonidan OʻzR Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda, tegishli xalq deputatlari kengashi tasdiqlagan byudjet doirasida belgilanadi va oʻzgartiriladi. Tuman, shahar ijroiya hokimi-yati organlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijroiya hokimiyati organlari tuzilishi va shtatlari tarkibi Mahalliy davlat hokimiyati organlari h. o. toʻgʻrisidagi qonun bilan tartibga solinadi. Xalq deputatlari kengashlari va hokim munosabatlarini tartibga soluvchi huquqiy hujjatlarga asosan hududdagi muhim masalalar, muammolarni hal qilishda maslahatlashish uchun hokimlar huzurida maslahat kengashi tuzildi. Lekin bunday maslahat kengashlari tuzilishi hokimning faoliyatidagi yakkaboshchilik prinsipiga putur yetkazmaydi. Ijroiya hokimiyati boʻlinmalari rahbarlari davlat boshqaruvining yuqori organlari bilan kelishilgan holda va hokimning taqdimiga binoan, tegishli xalq deputatlari kengashlari sessiyalarida lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi. Mahalliy vakillik organlari va hokimlar qabul qiladigan hujjatlar konstitutsiya va qonunlarga zid boʻlmasligi lozim. Hokim tomonidan qabul qilingan hujjatlar ustidan fuqarolar, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar sudga shikoyat qilishlari mumkin.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |