Hokimoyim madrasasi

Fargʻona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan madrasa

Hokimoyim madrasasi — Fargʻona viloyati Qo‘qon shahrida joylashgan madrasa. Madrasa Yorqinoyim vasiyatiga binoan oʻgʻli Xudoyorxon tomonidan qurilgan[1]. Madrasa 1869—1870-yillarda qurib bitkazilgan.

Madrasa
Hokimoyim madrasasi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Fargʻona viloyati
Shahar Qoʻqon
Maktab yoʻnalishi sunniy
Madrasa turi Katta madrasa
Meʼmoriy uslub Markaziy Osiyo meʼmorchiligi
Binokor Turdiali mirzo
Binokorlik tashabbuschisi Yorqinoyim
Homiylar Xudoyorxon
Binokorlik 18691870
Hujralar soni 105

Madrasa Qoʻqon shahrining katta bozori yonida bunyod etilgan. Xudoyorxon madrasaga mulla Turdiali mirzoni ishboshi qilib tayinlagan. Oʻsha yili unga katta mulk vaqf sifatida berilgan. Vaqfnoma hujjatida Xudoyorxonning ikkita muhri va oʻsha davr qozilarining muhrlari bosilgan. Hokimoyim madrasasiga 1874-yilda Qoʻqon shahrining Yaxshilik mahallasida joylashgan karvonsaroy va 56 doʻkonni vaqf qilib berilgan. Shu bilan birga madrasaga, Margʻilon viloyatining Xonobod, Telemen, Iso Avliyo cheki, Tojiqishloq, Qangʻli, Jomagoy yoʻli qishloqlarida 20 ming tanobga yaqin ekilmaydigan yerni vaqf qilib bergan. Hokimoyim madrasasining vaqf mulklaridan tushgan yillik daromadi 1000 tilla atrofida boʻlgan. 1877-yilda madrasa mutavallisi barcha vaqf mulklarini 1090 tillaga ijaraga bergan. Daromadning bir qismini madrasa binosini taʼmiri uchun olib qolib, qolgan qismini mudarrislar, xodimlar va mullalarga, vaqfnomada koʻrsatilgan meʼyorda taqsimlab bergan. 1879—1880-yillarda barcha vaqf mulklari 1000 tillaga, 1881-yilda shahardagi karvonsaroy va doʻkonlarni 505 tillaga, qishloqlardagi vaqf yerlari 405 tillaga ijaraga berilgan[2]. Shaharda joylashgan savdo-sanoat vaqf mulklari, karvonsaroy, doʻkonlar, tegirmon, hammom kabilar madrasalarga vaqf yerlariga nisbatan katta daromad keltirgan. 1877-yilda vaqf mulklaridan 1090 tilla daromad qilingan. 1877—1881-yillarda vaqf mulklaridan kelgan daromad deyarli oʻzgarmagan. 1871—1876-yillardagi qisqa vaqt ichida ham Qoʻqon xonligida narx-navo bir meʼyorda boʻlgan.

Hokimoyim Qoʻqonda „Hokimoyim madrasasi“dan tashqari yan „Xomtama madrasasi“ni ham qurdirgan. Hokimoyim madrasasi Qoʻqondagi eng katta madrasalardan boʻlib, 2 darsxona, 105 hujradan iborat boʻlgan. Baʼzi manbalarda yozilishicha, Xudoyorxon Hoʻqandda bir madrasa qurdirib, onasi sharafiga Hokimoyim deb nomlagan. Yaxshi xazina sarf qilmaganidan madrasa imorati yorilgan[3]. Xudoyorxonning ukasi Margʻilon hokimi Sulton Murodbek ushbu madrasani qayta qurdirgan[4].

Hozirga qadar ushbu madrasaning darvozasi Qoʻqon tarixi va madaniyati davlat muzeyida saqlanmoqda. Qoʻqonlik shoir Muqimiy ushbu Hokimoyim madrasasida tahsil olgan.

Manbalar

tahrir
  1. Farhod Sultonov, Farruh Bozorboyev. O‘ZBEKISTON HUKMDORLARI. Toshkent: Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2007. 
  2. Ibrohimjon Alimov. Qo'qon xonligi madrasa va maktablari tarixi. Toshkent "Fan" nashriyoti, 2017-yil — 303 bet-bet. ISBN 978-9943-19-405-2. 
  3. Muhammad Aziz Marg’iloniy. Tarixi Aziziy. Toshkent: Ma'naviyat, 1999 — 15-bet. 
  4. Abdulahatov N. Marg’ilon hokimi Sulton Murodbek. Farg’ona vodiysi tarixi yangi tadqiqotlarda, Farg'ona, 2019 — 189-bet.