Homayoun Ershadi (shuningdek, Homayon Ershadi, forscha: همایون ارشادی. 1947-yil 26-martda tugʻilgan) — Eronlik aktyor, "Gilos taʼmi" (1997) filmidagi debyut rolini ijro etgan. Shundan soʻng bir qancha Eron va boshqa filmlar, jumladan Gollivud filmlari "The Kite Runner" va "Zero Dark Thirty"da tanilgan.

Homayoun Ershadi
Tavalludi 26.03.1947
Eron
Fuqaroligi Eron
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1995– hozirgacha

Hayoti

tahrir

Ershadi Italiyada meʼmorchilik bo‘yicha tahsil olgan. Oʻqishni 1970-yilda tugatgan va uzoq yillar meʼmor bo‘lib ishlagan[1].

U aktyor sifatida taniqli eronlik rejissyori Abbos Kiarostami tomonidan „kashf“ etilgan. Ershadi Tehronda tirbandlikda mashinasida o‘tirganida, Kiarostami uning oldiga kelib, "Gilos taʼmi" filmida bosh rolni o‘ynashni taklif qiladi.

2007-yilda Afgʻonistonda oʻsib ulgʻaygan ikki yosh bola haqida "The Kite Runner" filmida rol oʻynagan.

Mukofotlari

tahrir

Ershadi 2017-yilda San-Fransiskoda (Kaliforniya, AQSh) boʻlib oʻtgan 10-Eron filmlari festivalida "Moviy chiroq " filmidagi roli uchun „Eng yaxshi qisqa metrajli film aktyori“ nominatsiyasida Sepanta mukofotini qoʻlga kiritdi[2].

Madaniy maʼlumotnoma

tahrir

Nikol Kraussning "Seeing Ershadi (Ershadini ko‘rish)" qissasi The New Yorker jurnalida 2018-yil 5-martda chop etilgan. Asar Ershadi ishtirokidagi filmni tomosha qilib, keyin uning yuziga havasmand boʻlib qolgan balet artisti haqida[3].

Filmografiya

tahrir
Yil Sarlavha Rol Direktor
1997-yil Gilos taʼmi Janob Badiiy Abbos Kiarostami [4][5]
1998-yil Armut daraxti Dariush Mehrjuiy [6]
2002-yil Disturbant Sirus Alvand
2005-yil Portrait of a Lady Far Away Ali Musaffa [4]
2006 yil Color of Friend Janob Jahongir Bita Shafipour
2007 yil The Kite Runner Baba Mark Forster [7]
2008 yil Aal Bahrom Bahromyan
2009 yil Agora Aspasius Alejandro Amenábar [8]
2011 yil Facing Mirrors Pedar Negar Ozarbayjoniy [9]
2012 yil The Kite Runner Hasan Ghul Ketrin Bigelou
2013 yil Good to Be Back Merati Doriush Mehrjuiy
2014 yil A Most Wanted Man Faysal Abdulloh Anton Korbijn
2014 yil Ghosts Doriush Mehrjuiy
2015 yil Utopia Hasan Nazer
2016 yil Ali va Nino Asif Kapadia [10]
2016 yil Blue Lantern Rizo Yarxalaji [11]
2016 yil The Last Inhabitant Ibrohim Jivan Avetisyan [12]
2017 yil Lina ota Ramin Rasuli [13]
2020 No Chois Rizo Dormishyan
2022 The Town Ali Hazrati

Manbalar

tahrir
  1. Kerr. „Homayoun Ershadi's strange trip to stardom“. Minnesota Public Radio (MPR). Minnesota Public Radio (MPR) (2007-yil 27-dekabr). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  2. „Winners of 2017 'Sepanta Awards' at 10th Annual Iranian Film Festival in San Francisco announced“. Payvand.com (2017-yil 10-fevral). 2018-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 9-fevral.
  3. Krauss, Nicole. „"Seeing Ershadi"“ (en). The New Yorker (2018-yil 26-fevral). Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
  4. 4,0 4,1 „Review: 'Portrait of a Lady Far Away'“. Variety Magazine. Penske Business Media LLC (2005-yil 5-iyul).
  5. Holden. „'Taste of Cherry': Simultaneously Epic and Precisely Minuscule“. The New York Times (1998-yil 20-mart). Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
  6. „The Pear Tree“. The Film Sufi (2013-yil 28-fevral). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  7. French, Howard W. „Where to Shoot an Epic About Afghanistan? China, Where Else?“. The New York Times (p. 2) (2006-yil 31-dekabr). Qaraldi: 2007-yil 15-fevral.
  8. Perry. „Homayoun Ershadi“ (en). Variety (2008-yil 24-fevral). Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
  9. Scheib. „Facing Mirrors“ (en). Variety (2011-yil 7-sentyabr). Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
  10. Debruge, Peter. „Sundance Film Review: 'Ali and Nino'“. Variety Magazine (2016-yil 5-fevral). Qaraldi: 2016-yil 1-aprel.
  11. „Blue Lantern“. Iranian Film Festival (2017). Qaraldi: 2019-yil 23-noyabr.
  12. „Film Production: The Last Inhabitant“. National Cinema Center of Armenia (NCCA). 2016da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-noyabr.
  13. „Iran, Afghan Actors in 3-Nation Production“ (En). Financial Tribune (2017-yil 20-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 16-noyabr.